“Haj safari uchun sanoqli joylar qoldi!”, “Bizning firma bilan haj qiling!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!”
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda.
Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Ta’lim muassasasida yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, turli axborot xurujlari, zararli g‘oyalar hamda virtual makonda uchraydigan tahdidlardan ogoh etish maqsadida "Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish — bilim va taraqqiyot garovi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qashqadaryo viloyatidagi yetakchi mutaxassisi A. Usmonov hamda ta’lim muassasasi mudiri O‘. G‘uzarov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlardagi turli zararli axborotlar, ekstremistik g‘oyalar, yolg‘on xabarlar va yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi internet tahdidlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga internetdan foydalanishda hushyor va mas’uliyatli bo‘lish, har qanday ma’lumotga tanqidiy yondashish, milliy va diniy qadriyatlarni asrash hamda virtual olamdagi turli tuzoqlarga tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir savol-javob va fikr-mulohazalar bilan mazmunli tarzda yakunlandi.