Ayol shunchalik ulug' ne'matki, banda uning shukrini ado qilishdan ojiz. Lekin, taassuflar bo'lsinki, Parvardigori olamning shunday ulug' ne'matini pisand qilmaydigan va ularni odam o'rnida ko'rmaydiganlar ham yo'q emas. Ba'zan har birimiz ham ularning qadriga etishga beparvo bo'lib qolamiz. Bunday holatlarda darhol esimizni yig'ib olsak ajab emas, degan maqsadda bu latif xilqat haqidagi eslatmalarni yodga olishni iroda qildik.
حَدَّثَنِى مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ الْهَمْدَانِىُّ حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يَزِيدَ حَدَّثَنَا حَيْوَةُ أَخْبَرَنِى شُرَحْبِيلُ بْنُ شَرِيكٍ أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْحُبُلِىَّ يُحَدِّثُ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- قَالَ « الدُّنْيَا مَتَاعٌ وَخَيْرُ مَتَاعِ الدُّنْيَا الْمَرْأَةُ الصَّالِحَةُ ». (صحيح المسلم)
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Dunyo bir matodur. Dunyo matosining yaxshisi soliha ayoldir” – dedilar (Muslim, Nasoiy, ibn Moja va Bayhaqiy rivoyat qilganlar).
Alloh subhonahu va taolo Kalomi Qadimda marhamat qiladi:
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجاً لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Ya'ni: “Uning oyatlaridan - U zot sizlar orom olishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir”(Rum, 21-22).
Shuningdek Baqara surasida:
هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ
“…Ulap sizlap uchun libos, sizlap ulap uchun libosdipsizlap…” degan (187-oyat).
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham ayollar diniy, ijtimoiy masalalarda u zot sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilib turganlar.
قَدْ سَمِعَ اللَّهُ قَوْلَ الَّتِي تُجَادِلُكَ فِي زَوْجِهَا وَتَشْتَكِي إِلَى اللَّهِ
“Alloh Siz bilan o'z eri haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan ayolning so'zini eshitdi”(Mujodala surasi, 1-oyat).
Ushbu oyatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga erining noto'g'ri munosabatidan shikoyat qilib kelgan ayolning masalasi uning ra'yiga muvofiq echib berilgani bayon qilinadi.
Shuningdek, ayollar ham o'z o'rnida turmush o'rtoqlarini qattiq ehtirom qilishlari shart. Shundagina oila farovonligiga etishamiz, inshoolloh.
وعن إِياس بنِ عبدِ اللَّه بنِ أبي ذُباب رضي اللَّه عنه قال : قال رسولُ اللَّه صَلّى اللهُ عَلَيْهِ وسَلَّم: « لاَ تَضْربُوا إِمَاءَ اللَّهِ » رواه أبو داود بإسنادٍ صحيح
Iyos ibn Abdulloh ibn Abu Zubob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning cho'rilari urmanglar», deganlar (Abu Dovud sahih sanad yo'li bilan rivoyat qilgan)
Ayol bizlarga Alloh taolo tomonidan ato qilingan shunday ne'mat ekan, ularning qadriga etishlik har birimizning vazifamizdir. Inchunun bir oilada ajrim bo'lsa, avvalo bir ayol baxtiga ko'lanka tushadi. Keyin esa unga sal beparvolik bo'lsa, o'ralgan qog'ozi ochilgan qandga pashshalar hamla qilgani kabi har turli nigohlar yo'llanadi.
Ayollar musulmon jamiyatidagi barcha erkaklar uchun omonatdir. Ularni avaylash zarur.
Ulug'bek qori YO'LDOShYeV
Joriy yil 21 sentyabr kuni "Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.
Raqamli tizim qachondan ishlaydi?
2026 yil 1 dekabrgacha "Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti" axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
Eng muhim kafolatlar
Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.
Zarur holatlarda "112" orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.
Bu faqat shikoyat tizimi emas
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.
Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.
Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.
Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda.