“(Iblis) Ularga (Odam alayhissalom va Havo onamizga): ” Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman”, – deb qasam ichdi” (A'rof surasi, 21-oyat).
Biror kishi Alloh nomi bilan yolg'on qasam ichishi mumkinligi Odam alayhissalom va Havo onamizning xayollariga ham kelmagan edi. Lekin Iblis shu ishga jur'at qildi. Uning “nasihati” esa aldash va adashtirish uchun narsalarni asl nomidan boshqasiga o'zgartirish bo'ldi. Odam alayhissalom va Havo onamizga taqiqlangan daraxtni “abadiyat daraxti” deya talqin qildi. Ushbu voqea qanday yakun topgani barchamizga ma'lum.
Hozirgi kunimizda ham shaytonlar o'sha Iblisning izidan ketishmoqda. Yomon, jirkanch, iflos narsalarning ismlarini chiroyli jarangdorlariga almashtirib, insonlarni yo'ldan urishmoqda.
Masalan: Ichkilik, sharob – “ruhiyatni ko'taruvchi, g'am g'ussani ketkazuvchi ichimlik”.
Ochiq-sochiqlik – “moda”.
Fahsh, buzuqlik – “madaniyat”.
Zino – “erkinlik”.
Hushyor bo'ling! Nomlar o'zgartirilishi sizni aldab qo'ymasin!
Adham Sharqoviyning “Qur'ondan maktublar”
kitobidan tarjima va sharh.
Mas'ul rahbar: “Tillar” kafedrasi mudiri Ulug'bek Hasanov.
Tayyorladi: 203-guruh talabalari.
Ey, menga yetgan shiddatli g‘amlar,
Keting, kelmoqda tong otar damlar.
Hashamat, dabdaba va isrof bilan yashayotganlar hayotiga havas qilmang, chunki ularning voqeliklari juda ayanchli va xursand bo‘ladigan emas. Ular maqsadlari nafslari va shahvatlari uchun isrof qilish bo‘lgan, bor kuchlarini rohatlanish uchun sarflaydigan, halol yoki haromligiga qiziqib ham o‘tirmay lazzatlanishga intiladigan insonlardir. Ular baxt-saodat ichida emas, balki g‘am-tashvish ichidalar. Chunki Alloh belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketgan va U zotga osiylik qilib yurgan insonlar hech qachon baxtni topa olmaydi.
Isrofgar va dabdabavoz insonlar baxt-saodat ichida deb aslo o‘ylamang. Ba’zi kambag‘al, oddiy hayot ichida yashayotgan insonlar qasrlarda ipak matolarga burkanib yashayotganlardan ko‘ra baxtli bo‘ladi. Chunki faqir bo‘lsada ibodatli va soliha mo‘mina ayol osiy ayoldan ko‘ra baxtliroqdir.
Shu’la: Baxt-saodat o‘zingizga bog‘liq, shuning uchun bor harakatingizni, o‘zingizni to‘g‘irlashga qarating.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan