Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Jannat tomon eltuvchi yo'l

13.05.2024   2434   2 min.
Jannat tomon eltuvchi yo'l

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Kim ilm talab qilish yo'liga yursa, Alloh unga jannat yo'lini oson qilib qo'yadi”.

Ilm talab qilish – jannatga eltuvchi eng yaxshi va eng oson yo'l. Tolibi ilm ilm uchun sarflaydigan har qanday harakat uni jannatga yaqinlashtiradi va unga Jannat yo'lini oson qiladi. Har bir musulmon birinchi navbatda shariat ilmini o'rganishga bel bog'lashi darkor. Zotan bu uni to'g'ri, sog'lom ilmga erishish yo'lini ochadi, to'g'ri ma'lumotdan xato ma'lumotni ajrata bilish imkonini beradi.

Ilm talab qilish Allohning roziligiga eltadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, farishtalar tolibi ilmning ilm talab qilganidan minnatdor bo'lib, qanotlarini unga yozishadi”.

Ushbu hadis shariat ilmi va uni talab qiluvchilarning darajasi naqadar balandligidan darak beradi, negaki, Alloh taolo undan rozi bo'lgandan farishtalarni qanot yozib turadigan qilib qo'ydi. Farishtalar qanot yozib turishi tolibi ilmga ilm yo'lini oson qiladi, ilm eshiklarini ochadi.

Butun borliq tolibi ilm haqqiga istig'for aytadi.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Olimning haqqiga osmonlar va erdagi barcha narsa, hatto dengizdagi baliq ham istig'for aytadi”.

Shar'iy ilmning va uning talabida bo'lgan toliblarning qadri shu qadar baland ekanki, eru osmonlardagi barcha mavjudotlar uning haqqiga istig'for aytar ekan. Bundan baland daraja bormi?! Musulmon uchun bundan ortiq yaxshilik bormi?!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   65166   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari