Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Haj safari vaqtida ayollar hayz ko'rib qolsa (5 qism)

14.05.2024   2200   3 min.
Haj safari vaqtida ayollar hayz ko'rib qolsa (5 qism)
  1. Haj safari vaqtida ayollar hayz ko'rib qolsa, masjidi Nabaviyga, masjidi Haromga va boshqa masjidlarga kirmaydi. Hayz holatida masjidga kirsa qattiq gunohkor bo'ladi.
  2. Ayollar haj amallarini boshlashdan oldin hayz boshlanib qolsa, mehmonxonada g'usl qiladi, niyat qilib ehromga kiradi va talbiya aytishni boshlaydi. Niyat va talbiya aytish bilan ehromga to'liq kirgan hisoblanadi.
  3. Hayz ko'rgan ayol masjidga kirmaydi, namoz va Qur'on o'qimaydi.
  4. Haj safaridagi ayol hayz ko'rib qolsa Minoga, Arofatga, Muzdalifaga borishi, shaytonga tosh otishi va qurbonlik qilishi mumkin.
  5. Hayz ko'rgan ayol Makkai mukarramaga etib kelgach, Masjidul Haromga kirmaydi, tavof va sa'y qilmaydi.
  6. Hayz ko'rgan ayol ehromda bo'lganligi bois uzrli kunlarda ham ehtiyot bo'lishi kerak, chunki ehromda mumkin bo'lmagan holatlar (mushk, atir, nam salfetka, xushbo'y taglik, xushbo'y kosmetikadan foydalanish, daraxt barglarini uzish, jonivorlarga ozor berish va boshqalar bilan janjallashish) mumkin emas.
  7. Hayzli holatda ham salavotlar, tasbehlar va duolar qilish mumkin.
  8. Ehrom holatida hayz tugagandan keyin g'uslni poklanish uchun qiladi va Ka'bani 7 marta tavof qiladi, 2 rakat tavof namozini o'qiydi, duo bilan zam-zam suvi ichadi va duo bilan Safodan boshlab Marva tomonga sa'yni boshlaydi. 7 marta sa'y qilinadi
  9. Tavof vaqtida hayz ko'rib qolsa, o'sha zahoti tavofni to'xtatadi va masjiddan chiqadi. Poklangach, g'usl qilib tavof, sa'y qiladi va soch kestiradi. Ehromdan chiqiladi.
  10. Tavofni tugatgach, hayz ko'rib qolsa, tavof namozini o'qimay, tezda sa'y qilishga o'tadi va 7 marta sa'y qiladi. Qolib ketgan tavof namozini poklangandan keyin Haramda, uni imkoni bo'lmasa, xohlagan joyda o'qib qo'yadi.
  11. Haj uchun ehromga kirgan ayol hayz ko'rib qolsa, hayzdan pok bo'lgach, qaytadan ehromga kirmaydi, balki birinchi bog'lagan ehromi bilan davom ettiraveradi.
  12. Ayol kishi tamattu' niyatida miyqotdan umra qilishga ehrom bog'lab, umra arkonlarini ado qilishdan ilgari hayz ko'rib qolsa va haj amallari boshlangunicha hayzdan pok bo'lmasa, umra ehromidan chiqib, haj uchun ehrom bog'laydi va haj amallarini bajarib bo'lgach, umra qazosini ado qiladi. Lekin, birinchi bog'lagan ehromidan umra qilmay chiqqanligi uchun zimmasiga qon (jonliq so'yish) vojib bo'ladi va uning haji tamattu' emas, balki haji ifrod bo'ladi. (Fathul mulhim). Keyin umrani qazo qilib qo'yadi va qo'y so'yadi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi va Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'limi

 

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Robbing kim? Payg‘ambaring kim? Dining nima?

01.04.2026   6298   1 min.
Robbing kim? Payg‘ambaring kim? Dining nima?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Yugurdim xohishlarim ortidan, ular etdilar meni qul,
Gar
qilsam edi qanoat men bo‘lardim hur, bo‘lmasdim bir pul.

 

E’tibor qiling, qanchadan-qancha avlodlar almashdi, ularning birortasi yiqqan mol-dunyosi, qurgan qasrlari, egallagan mansablarini o‘zi bilan olib ketdi-mi? Yiqqan oltin-u kumushlari bilan dafn etildi-mi yoki oxirat diyoriga o‘zlarining mashinalari-yu samolyotlari bilan ko‘chib o‘tishdi-mi? Yo‘q, albatta! Hatto kiyimlaridan ham mahrum qilinishdi va qabrga faqatgina kafanlari bilan kiritilishdi. So‘ngra ulardan so‘rov boshlandi: Robbing kim? Payg‘ambaring kim? Dining nima?

Shunday ekan siz ana shu kun uchun tayyorgarlik ko‘ring. Dunyo matohlarini deb mahzun bo‘lmang, afsus chekmang. Chunki ular o‘tkinchi, sizning faqatgina solih amallaringizgina qoladi. Alloh taolo aytadi:

﴿مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ﴾

“Erkagu ayol, kim mo‘min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go‘zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz” (Nahl surasi, 97-oyat).

Shu’la: Kasallikunda xushxabari bo‘lgan maktub, salomatlik esa badali to‘lanishi kerak bo‘lgan bezakdir.
 

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar