Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Horazmdagi otinoyilarga o'quv-seminar o'tkazildi

17.05.2024   2067   1 min.
Horazmdagi otinoyilarga o'quv-seminar o'tkazildi

Horazm viloyatidagi “Imom “Faxriddin ar-Roziy” o'rta maxsus islom bilim yurtida viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

O'quv-mashg'ulot davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim etakchi mutaxassisi Munira opa Abubakirova “Bid'at-xurofotlarni bartaraf  etish ” mavzusida ma'ruza qildi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan otinoyilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning hududiy boshqarmasi vakili, viloyat targ'ibot guruhi rahbari M.Masharipova ham qatnashdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Horazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

28.08.2026   72185   1 min.
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.


Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston yangiliklari