Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2026   |   29 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:41
Xufton
21:09
Bismillah
17 May, 2026, 29 Zulqa`da, 1447

Chumolining o'n qoidasi

20.05.2024   1970   6 min.
Chumolining o'n qoidasi

Qur'oni karim bizga chumoli bilan Sulaymon alayhissalom o'rtasida bo'lgan qissa haqida “Naml” (“Chumoli”) deya nomlanmish surada quyidagicha hikoya qiladi:

“Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo'lgan askarlari to'planib, tizilgan holda turdilar. Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.

Chumolilar ham asalarilarga o'xshab, ajoyib intizomga ega. Hali-hanuz ularning jamoat bo'lib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.

Bas, u uning so'zidan tabassum qildi va: «Robbim, meni O'zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va sen rozi bo'ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O'z rahmating ila meni solih bandalaringga qo'shgin», dedi”. (Sulaymon alayhissalom chumolining so'zlarini eshitib jilmaydilar) (Naml surasi, 17-19 oyatlar).

Ushbu oyatlar bu mavjudotning qadrini ko'taradi, sha'ni ulug'ligini ifoda etadi. Bu qissadan bir qancha qonunlar tuzib chiqilgan bo'lib, uni “Chumolining o'n qoidasi” deb nomlash ham mumkin.

  1. Umumiy manfaat qoidasi: chumoli hammaga nido qilganda “Ey chumolilar” deya nido qildi va jamoatning manfaatini e'tiborga oldi. O'z atrofidagilarga, yaqin qarindoshlariga chegaralanib qolmadi. Holbuki, bu vaziyatda u va boshqalar o'rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo'lishi ehtimoli bor edi.
  2. O'ziga ishonish qoidasi: chumoli Sulaymon alayhissalomga xitob qilish asnosida o'ziga past baho bermadi. Zimmasidagi ishni hech o'ylab o'tirmasdan, zarracha ham haybatlanmasdan, zarracha ham qo'rqmasdan bajardi. “Men kichkinagina mavjudot bo'lsam, meni kim ham eshitardi”, demadi!
  3. Mas'uliyat qoidasi: bu chumoli mas'uliyatni yuqori darajada his qilmaganda edi, sodir bo'lgan zo'r ish bo'lmas edi, uni aslo uddalab bo'lmasdi. Chumolilar mamlakatida eng qari chumoli ham xuddi jamoasiga eng mas'ul chumolidek astoydil mehnat qiladi.
  4. Ishni tezroq bajarishga o'tish qoidasi: Oyatda zikri kelgan bu chumoli ishni shartta bajardi, qo'ydi. Boshqalar qilishini kutib o'tirmadi. Chunki, ishni beparvo qoldirish juda xatarlidir, bunda kechiktirish yaramaydi!
  5. Amalga oshirish qoidasi: zimmasidagi bu muhim ishga tayyorgarlik ko'rish, uni tezroq bajarish bilan kifoyalanmadi, balki uni komil tarzda amalga oshirishga kirishdi. Ishni vaqtida bajarish va uni yaxshilab amalga oshirish muvaffaqiyat qoidasining ikki o'qi hisoblanadi. O'sha ikki o'qni tutashtirsangiz, tamom, muvaffaqiyat tizgini hosil bo'ladi.
  6. Muammoga echim berish qoidasi: voqea to'satdan sodir bo'lganiga qaramay, chumoli shunchaki baqirish, dod solib ogohlantirishning o'zi bilan kifoyalanib qolmadi, balki “Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar”, deya munosib echimni ham ko'rsatdi.
  7. Uzoqni ko'ra bilish qoidasi: voqealar qanday kechishini taxmin qilish, ishlarning oqibati haqida o'ylash yuqoridagi oyatda o'z aksini topgan. U ham bo'lsa chumolining: “Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar” degan gapini zohir bo'ladi. Ya'ni, joyingizda to'xtab qolishingiz, tezroq harakat qilib iningizga kirib olmasligingiz – halokatingizga sabab bo'ladi, demoqchi.

Bir gurux frantsiyalik “olimlar” Qur'onni tanqid qilishga urindilar va لَا يَحْطِمَنَّكُمْ kalimasida to'xtalib, “Qur'on ushbu lafzni ishlatish bilan ta'birda xatoga yo'q qo'ygan. Chunki  حطم(“hattoma”) fe'li “sindirmoq” degan ma'noni anglatadi. Shisha sindiriladi, ammo chumoli sindirilmaydi-ku, balki eziladi, o'ldiriladi-ku” deyishdi.

Bu gapga avstraliyalik bir olim e'tiroz bildirdi. U bir necha yillar davomida chumolilar tuzilishini o'rgana boshladi va tadqiqot xulosasini e'lon qildi. Hulosada ushbu gaplar bor edi: “Albatta, Qur'onning mazkur lafzi yuz foiz to'g'ri! Chunki chumoli tanasining 70 foizi shisha moddadan tashkil topgan ekan”.

Keyin u ushbu xulosani butun dunyoga e'lon qildi.

Demak, chumoli ezilmaydi, balki sindiriladi! Qur'on buni o'n to'rt asrdan beri aytib keladi. Ammo bu haqiqat butun olamga bir necha yillar oldin ma'lum bo'ldi.

  1. Uyg'oqlik (sergaklik) qoidasi. Jamiyatning bitta a'zosini e'tibordan chetda qoldirish gohida butun jamiyatning halokatga yuz tutishiga sababchi bo'ladi. Har bir shaxs o'z atrofidagilarga nihoyatda yuqori darajada e'tibor berishi lozim. Shundagina u halokatga sabab bo'luvchi teshiklarni topadi va bartaraf etadi.
  2. Kechirimli bo'lish, uzr taqdim etish yoki boshqacha qilib aytganda to'g'ri tushunish qoidasi. Bu qoida chumolining “bilmasdan ezib yubormasinlar” degan so'zida aks etgan. Qarang, sizlarni sindirib ketgudek bo'lsalar, buni atayin qilmaydilar, bilmagan va ko'rmagan hollarida qiladilar, deya chiroyli gumon qilmoqda. Bu yomon gumon qiladiganlarga darsdir. Chumoli Allohning payg'ambari Sulaymon alayhissalomga zulmni nisbatlamadi.
  3. Tabassum qilish qoidasi. Kuchli tomon zaif tomonga, katta taraf kichik tarafga kulfat va qo'rqinch lahzalarida tabassum bilan boqsa, bu naqadar chiroyli holat! Sulaymon alayhissalomning chumoliga tabassumi ham xuddi shu qabildan edi. U zot lutf va mehrga to'la yuz bilan, chumolining harakatidan taajjublanish ifoasi bilan tabassum qilgandilar. Bunday tabassum odamning qalbiga eminlik, xotirjamlikni baxsh etadi!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sajdada ayol oyoqlarining holati qanday bo‘lishi kerak?

15.05.2026   5809   1 min.
Sajdada ayol oyoqlarining holati qanday bo‘lishi kerak?

Savol: Ayollar namozda sajda qilganida oyoq barmoqlari uchi qiblaga qarab turishi kerakmi yoki yo‘qmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Faqihlarimiz namoz o‘qishda ayol va erkak holatlarining farqli jihatlarini bayon qilib berganlar. Masalan, ayollar namozni erkaklar kabi ovoz chiqarib o‘qimaydi, rukuda ham erkaklardek belini to‘liq bukmaydi va tizzalarini tik tutmaydi va hokazo.

Savolda so‘ralgan sajdadagi holatga kelsak, erkaklar oyoqlarini tik qilib, barmoqlarini qiblaga qaratib turadilar. Ayollar esa, oyoqlarini tik qilmaydilar, balki oyoq barmoqlarining ust tomonini yerga qo‘yib, sajda qiladilar. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.