Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoklipda Patris Baumelning shahodat kalimasini aytib, islomni qabul qilgani ko'rsatilgan, deya xabar beradi “Siasat” portali.
Jazoir shahrida joylashgan “Mouloudia Club d’Alger” futbol klubining mashhur murabbiyi, frantsiyalik Patris Baumel Islom dinini qabul qilib, ismini Amir deb o'zgartirdi.
Mazkur videoda bir kishi Jazoir poytaxtining al-Harrah tumanidagi Jinan Mabruk masjidida imom yordamida shahodat, ya'ni iymon kalimasini aytayotgani aks etgan.
Videoda masjid imomi Patris Baumelning islomni qabul qilish qarorini Isroilning davom etayotgan harbiy tajovuziga qaramay qarshilik ko'rsatishda davom etayotgan g'azoliklarning chidamliligi haqidagi taassurotlari bilan bog'laydi. Bu uni ushbu din haqida ko'proq bilishga undadi.
Jazoirning “Mouloudia Club d’Alger” futbol klubi H tarmog'ida bunday yozadi: "Allohga hamdlar bo'lsin. Haqiqat diniga xush kelibsiz, Amir Bummel". Futbolchilar e'lonida esa bunday deyiladi: “Shunday qilib, frantsiyalik murabbiyimiz Patris Baumel masjidda ikki shahodat kalimani aytib, Islomni qabul qilganini e'lon qilib, o'ziga Amir ismini tanladi. Bu senga, ey Amir, onang seni dunyoga keltirgan kundan beri eng yaxshi xabardir, - dedi va quyidagi oyati karimani o'qib berdi: “Sizlar menga islomingizni minnat qilmangiz, balki agar (imoningizda) sodiq bo'lsangiz, bilingizki, Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur” (Hujirot, 17-oyat).
Jamoa yaqinda mahalliy ligada “Parado” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng “Mouloudia Club d’Alger” muxlislari “Alloh buyukdir, Amir Bumel” deb hayqirishdi va murabbiy shukr sajdasi bilan javob qaytardi.
46 yoshli Baumel Zambiya va Kot-d'Ivuar terma jamoalariga ustozlik qilgan va frantsiyalik murabbiy Yerve Renarning yordamchisi bo'lgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ma’lumki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan yurtimizdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan joriy yil 6 aprelidan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida tajvid ilmi bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.
Mazkur dastur doirasida 2026 yil 16 aprel kuni Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida viloyat imom-xatiblari va imom noiblari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Xorazm ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida ham ma’ruza qilib berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati