Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Avgust, 2026   |   18 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:25
Quyosh
05:48
Peshin
12:23
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:21
Bismillah
31 Avgust, 2026, 18 Rabi`ul avval, 1448

Diniy soha xodimlari faoliyati tahlil qilindi

28.05.2024   1905   1 min.
Diniy soha xodimlari faoliyati tahlil qilindi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida viloyatda faoliyat yuritayotgan  imom-xatib va imom-noiblar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, diniy vaziyatni sog'lomlashtirish, mutaassiblik va radikalizmni oldini olish, imomlarning shaxsiy namuna ko'rsatishi bo'yicha vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. 

Yig'ilishda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi o'rinbosari Dilshod Mamatqulov o'z nutqi diniy sohada katta islohotlar amalga oshirilayotgani, imom-xatiblar fuqarolar bilan muntazam muloqot qilib, ularning ma'naviy-ma'rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun doimo izlanib, xizmat qilishlari zarurligini ta'kidladi.

Tadbir davomida imom-xatib va imom-noiblar zimmasidagi vazifalarni to'laqonli bajarish, juma mav'izalarini ta'sirchan tarzda xalqqa etkazish bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodimi Olimjon Jo'rayev to'g'ri yo'ldan adashganlar qismatini hayotiy misollar va yoshlarda yot g'oyalarga qarshi immunitetini shakillantirishning muhim jihatlari haqida suhbat qilib berdi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

13 ming nafardan ziyod o‘quvchiga maktab forma va o‘quv qurollari hadya qilindi

31.08.2026   12365   1 min.
13 ming nafardan ziyod o‘quvchiga maktab forma va o‘quv qurollari hadya qilindi

Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.

Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.

Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari