Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Aprel, 2026   |   19 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:34
Quyosh
05:55
Peshin
12:30
Asr
17:01
Shom
18:59
Xufton
20:15
Bismillah
08 Aprel, 2026, 19 Shavvol, 1447

Movarounnahr nomi qayerda kelib chiqqan?

30.05.2024   4392   4 min.
Movarounnahr nomi qayerda kelib chiqqan?

O'rta asr Sharq muarrixlarining fikriga ko'ra, hozirgi O'zbekiston hududlari VII asrdan Movarounnahr nomi bilan tilga olingan.  Ushbu atama yurtimizga islom dining kirib kelishi bilan bog'liq. Manbalarga ko'ra, "Movarounnahr" so'zi "daryoning narigi tomoni, ikki daryo oralig'i, daryoning narigi sohili" ma'nolarida ishlatilgan.  Bu hozirgi Amudaryo bo'lib, qadimda Jayhun nomi bilan yuritilgan.

Bu atama haqida daslabki ma'lumot hazrati Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning Abu Bakr at-Tamimiy Ahnaf ibn Qays ibn Muoviya ibn Husaynga yo'llagan maktubida uchraydi. Asli ismi Zohhak bo'lgan bu shaxs o'z ismi bilan emas, Ahnaf (ya'ni oqsoq) laqabi bilan tanilgan. Bu sahobiy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam davrlarida musulmon bo'lib, Umar roziyallohu anhuning davlat boshqaruvlari vaqtida Hurosonga jo'natilgan.

Ahnaf ibn Qays hijriy 22 (mil. 642) yilda Hurosonning Marv va Balx shaharlarini egallagach, Halifa Umar roziyallohu anhu unga shunday mazmundagi maktub yo'llagan: "Ammo ba'd! Daryodan o'tmanglar. Uning avvalgi tarafi bilan cheklaninglar. Hurosonga nima maqsadda kirganingizni yodda tutingizlar. O'z maqsadingizda bardavom turinglar. Shunda g'alabangiz ham ayon bo'ladi. Daryoning u tarafiga o'tishdan saqlaninglar". Hazrati Umar roziyallohu anhu o'z maktubini hamd-u sano bilan boshlab, o'z lashkarboshiga daryoning narigi tomoniga o'tmaslikka chaqirmoqda. Maktubdagi  arab tidigi "dun" (oldi) va an-Nahr (daryo) so'zlari daryoning oldi tarafi mazmunini anglatar edi. Bu esa o'sha vaqtda "Movarounnahr", ya'ni "daryoning orqa tarafi" atamasi mavjud bo'lganiga dalalolat qiladi.

Mashhur tarixchi Yoqut Hamaviy: “Movarounnahr Hurosondagi Jayhun daryosining narigi tomonidir” degan fikrni ilgari suradi. Muarrix Jayhun daryosining sharqiy tomonini "Haytallar yurti" deb ataydi.  Islom kirib kelganidan so'ng "Movarounnahr" deb yuritila boshlaganini zikr etadi. Daryoning g'arbiy tomonini esa, Huroson va Horazm viloyatiga tegishli deydi. Shu o'rinda yana Horazmning Huroson hududiga kirmasligini ta'kidlab, uning alohida boshqa yurt bo'lganini uqtirib o'tadi.

Tarixda Arablar kirib kelgandan keyingina mazkur erlar "Movarounnahr" deb yuritila boshlangan. Arablar Movarounnahr deganda O'rta Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi hududlarni nazarda tutganlar. Alloh taolo birinchi hijriy asrda Movarounnahr diyorini O'zining oxirgi va mukammal dini Islom nuri bilan munavvar qildi. Bu diyor ahlining ko'pchiligi Islomni ochiq qalb bilan qabul qildi. Ularning Islomi go'zal bo'ldi. Zotan Alloh taoloning O'zi bu diyor odamlarini ularga bergan ajoyib tabiat va qobiliyatlarga mos va ularning rivojiga omil bo'luvchi qiyomatgacha boqiy qoluvchi dini Islomga hidoyat qilgan edi. Movarounnahr aholisining Islom diniga kirishi ularning ko'plab qobiliyatlarining ochilishiga, hayotning ko'plab jabhalarida o'zlarining peshqadamliklarini isbot qilishga olib keldi. Tez orada Islomning turli soha va ilmlari bo'yicha Movarounnahrlik namoyandalar etishib chiqa boshladilar. Bu harakat tezlik bilan rivoj topdi va turli ilmlarda umumdunyo miqyosidagi buyuk allomalar etishib chiqa boshladi. Shu tariqa Movarounnahrda Islom dini va islomiy ilmlar rivoji boshlandi. Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf kabi shaharlarning nomi islomiy shaharlar sifatida butun dunyoga tanildi.

Madina Jo'rayeva,

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

 

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Imom Termiziy" bilim yurti bitiruvchilari ishga taqsimlandi

08.04.2026   317   1 min.

Shu yilning 8 aprel kuni "Imom Termiziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bitiruvchi kurs talabalarining kelgusi faoliyati va ishga taqsimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimlari Abdunosir Bobomirzayev, Muhammadyahyo Xodjayev hamda Dilmurod Rahimov ishtirok etdi.


Ta’lim muassasasi direktori K.Islamov hamrohligida mehmonlar dastlab o‘quv jarayonlari, dars sifati va talabalar bilimini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng bitiruvchi kurs talabalari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bo‘lajak mutaxassislarga ularning ishga taqsimoti, faoliyat boshlaydigan masjid va muassasalardagi vazifalari hamda kasbiy mas’uliyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.


Tashrif yakunida mutaxassislar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish hamda talabalar uchun sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2025-2026 o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini 24 nafar talaba tamomlab, diniy-ma’rifiy sohada o‘z xizmat faoliyatini boshlash arafasida turibdi. 

“Imom Termiziy” O‘MITM

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari