Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Bitiruvchilarga oq fotiha berildi

04.06.2024   2246   2 min.
Bitiruvchilarga oq fotiha berildi

Kuni kecha Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida “HATMONA – 2024” bayram kechasi bo'lib o'tdi. Marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, bilim yurti o'qituvchi va talabalar, xodimlari va ota-onalar qatnashdi.

Tadbir Qur'oni karim tilovat va duolar bilan boshlandi. Hatmona davomida R.Nurazizov ta'lim muassasasini tamomlayotgan bitiruvchilarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi nomidan tabrikladi va kelgusi ishlariga omadlar tiladi.

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov ham so'zga chiqib, talabalarga kelgusi faoliyati uchun zarar pand-nasihatlarni berib, ularni yangi hayot ostonasiga qadam qo'yishi bilan qutladi.

Shuningdek, bilim yurti mudiri J.Abdirazakov bitiruvchilarga keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, dinimiz rivoji, Vatanimizimiz ravnaqi yo'lidagi astoydil mehnat qilish kerakligini ta'kidladi va ularga oq fotiha berdi.

Tadbir davomida bilim yurti rahbariyati tomonidan o'zining namunali xulqi va o'qishi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelgan talabalar fahriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Shu qatorda bilimga chanqoq bulgan talabalarning ota-onalariga ham fahriy yorliqlar topshirildi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati



O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi

02.09.2026   2915   1 min.
Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi

Bugun, 2 sentyabr kuni Buxoro shahridagi Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, oldinda turgan ustuvor vazifalarni belgilash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan kengaytirilgan mudarrislar kengashi bo‘lib o‘tdi.


An’anaga ko‘ra, tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Tinchlik-osoyishtalik, ilm dargohi faoliyati rivoji hamda talabalarning ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlariga muvaffaqiyat va baraka tilab xayrli duolar qilindi.


Shundan so‘ng ta’lim muassasasi direktori Jaloliddin domla Saburov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Narzillo domla Ahmedov hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Asadulloh domla Najmiddinovlar kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan ma’ruza qildilar.


Kengash davomida yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan tashkiliy va o‘quv-uslubiy ishlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan: 
 

  • Ta’lim sifatini oshirish: Dars mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy saviyada, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida tashkil etish;

  • Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya: Talaba-yoshlarni asriy milliy va diniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida kamol toptirish, ularda kitobxonlik va ilmga bo‘lgan rag‘batni yanada kuchaytirish;

  • Ijro intizomi va mas’uliyat: Ustoz-mudarrislarning yillik rejalari, yangi o‘quv dasturlari talablari va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.


Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yilida mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilish lozimligi qayd etilib, ustoz-murabbiylarning mashaqqatli va sharafli faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari