Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Aprel, 2026   |   14 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:31
Asr
16:57
Shom
18:54
Xufton
20:08
Bismillah
03 Aprel, 2026, 14 Shavvol, 1447

Zulhijja oyida qanday amallar bajariladi?

07.06.2024   25241   2 min.
Zulhijja oyida qanday amallar bajariladi?

Zulhijja so'zi qanday ma'noni anglatadi?

“Haj egasi” degan ma'noni bildiradi.

 

Zulhijja oyi qanday oy?

Bu oy Alloh taolo urush, qon to'kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa'da, Muharram, Rajab) to'rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

 

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega?

Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o'n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zulhijja oyining o'n kunidagi amaldan ko'ra afzalroq amal yo'qdir”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

 

Bu oyda tutilgan ro'za ikki yillik gunohlarga kafforot bo'ladi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro'zasi o'zidan avvalgi bir yil va o'zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo'lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 

Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o'tkazardilar?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to'qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro'za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

Nabiy sollallohu alayhi vasallam yanada ko'proq zikr qilardilar va: “...Bu kunlarda tahlil (Laa ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko'paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni ko'p aytardilar: Laa ilaha illallohu vahdaxu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay'in qodiyr(Imom Termiziy rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

02.04.2026   5907   1 min.
Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

Xayrli ishlar Samarqand viloyatida ham izchil davom ettirilmoqda. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov Bulung‘ur tumanidagi “Olomon” jome masjidida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan navbatdagi xayriya tadbirida ishtirok etdi.

Ma’rifiy suhbat va ehson dasturxoni shaklida o‘tgan ushbu marosimga 200 nafar nuroniy otaxon va ko‘makka muhtoj fuqarolar taklif etildi.

Tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaga maxsus hadya va moddiy yordamlar topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro ko‘mak kabi yuksak insoniy fazilatlarning ahamiyati yana bir bor ta’kidlanib, yurt tinchligi va el farovonligi uchun duolar qilindi. 

 

Sammuslim.uz

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari