Sayt test holatida ishlamoqda!
28 May, 2026   |   10 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:51
Xufton
21:23
Bismillah
28 May, 2026, 10 Zulhijja, 1447

QURBON HAYITI NAMOZINI O'QISh VAQTLARI

13.06.2024   5847   1 min.
QURBON HAYITI NAMOZINI O'QISh VAQTLARI

Yurtimizdagi jome masjidlarda 2024 yil 16 iyun' yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi o'qiladi. Unga ko'ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o'qiladi.

Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

Andijon 05:00
Namangan 05:00
Farg'ona 05:00
Toshkent sh. 05:10
Toshkent v. 05:15
Sirdaryo 05:15
Jizzax 05:15
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:20
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:25
Buxoro 05:30
Horazm 05:45
Qoraqalpog'iston Res. 05:50

Ushbu jadvalda ko'rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

25.05.2026   20795   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

2026 yilning 25 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti jamoasi uchun quvonchli voqea yuz berdi. Institut Kengashining yig‘ilishida rektor Uyg‘un G‘afurov tomonidan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi, islomshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayevga Fiqh, kalom ilmi (Ilohiyot) ixtisosligi bo‘yicha dots.nt ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.


Ma’murjon Erkayev 2005 yilda Toshkent islom institutini, so‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Olim 2024 yilda “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari” mavzusidagi dissertatsiyasini yuksak saviyada himoya qilgan edi. Jonkuyar pedagog sifatida u so‘nggi uch yilda “Faroiz ilmi” va “Fiqh ilmiga kirish” o‘quv qo‘llanmalari hamda “Hidoyatul muhtor” asarini nashr ettirdi, shuningdek, mahalliy va xalqaro jurnallarda o‘nlab ilmiy maqolalari e’lon qilindi.


Muhtaram ustozni ushbu yuksak ilmiy unvon va e’tirof bilan muborakbod etib, ularning ilm yo‘lidagi xayrli izlanishlariga zafarlar va kuch-quvvat tilab qoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
Dunyo yangiliklari