Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Yaxshiligimiz o'zimizga qaytadi

09.07.2024   5214   3 min.
Yaxshiligimiz o'zimizga qaytadi

Hayru saxovat, o'ziga ravo ko'rilgan yaxshilikni boshqa mo'minlarga ham ravo ko'rish musulmonga xos fazilatdir. Alloh  taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: “Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham ham (Allohning bandalariga) infoq-ehson qil!” (Qasos surasi 77-oyat)

Hayotda sanab adog'iga etib bo'lmaydigan ne'matlardan bahramand bo'lib yurganimiz Alloh taoloning bizga mehribonligi, marhamatidandir. Shu bois imkoniyatimiz darajasida ehson qilishga buyurilganmiz.

To'g'risi, biz xayru saxovatni, infoq-ehsonni juda tor ma'noda tushunamiz. Biror narsani kimgadir hadya qilishni yoxud dasturxon yozib, to'rt-besh kishiga taom berishnigina xayru ehson deyishga o'rganganmiz.

Holbuki, bu ishlar ehsonning eng kichik ko'rinishidir. Ehsonning ma'nosi juda keng. U barcha yaxshi amallarni qamrab oladi. Kim birovga yaxshilik qilsa, aslida o'ziga yaxshilik qilgan bo'ladi. “Agar (shundan keyin) chiroyli amallar qilsangizlar, o'zlaringizga yaxshilik qilgan bo'lursizlar”. Oyatning davomida birovning yomonlik qilishi, badxulq, baxil bo'lishi ham aslida o'sha insonning o'ziga qilgan yomonligi bo'lishi aytilgan. “Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham, o'zlariniz uchundir” (Isro surasi 7-oyat).

Alloh taolo biz musulmonlarni dinimizga, jamiyatimizga foyda keltiradigan har bir ishda hamkorlik qilishga buyuradi. Ehson bilan taqvoning yonma-yon qo'yilishi bejiz emas. Allohdan qo'rqib, yaxshilikka uyushgan kishilar jamoasi zararlardan omonda bo'ladi. O'rtalarida mehr-oqibat kuchayadi. Ularning harakatlarini Alloh fayzli-barakali qiladi.

So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali xayru saxovat ko'rsatamiz, och, yupunlarga yordam qo'lini cho'zamiz deb yurgan kishilar ham, xayriya tashkilotlari, uyushmalari ham talaygina. Ammo ularning hammasi ham beg'araz emas. Jumladan hozirgi kunda o'zlarini saxovatpesha qilib ko'rsatib insonlarning ishonchiga kirib firibgarlik orqali daromad topayotganlar ham ko'plab uchrab turmoqda. Eng achinarlisi bunday shaxslar o'zlaricha bir bemor yoki yotim uchun deb turli aktsiyalarni o'tkazib pul topish holatlari ko'payib bormoqda.

Hayru saxovat tufayli inson bu o'tkinchi dunyoda turib, oxiratga zahira yig'ishi, jannatda tayyorlab qo'yilgan ne'matlardan nasibador bo'lishi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Kim xayru saxovat qilib, kiyimga muhtoj bir kishini kiyintirib, xursand qilsa, Alloh saxovatli insonni jannat kiyimlari bilan kiyintiradi. Kim egulikka muhtoj, och kishini to'ydirsa, taomlantirsa, jannatdagi taomlardan serob bo'ladi”.

Ikki dunyosi obod bo'lishini orzu qilgan musulmon Qur'oni karimning bunday mazmundagi oyatini hamisha yodida tutishi lozim:

“(Ey mo'minlar,) to sizlar suygan narsalaringazdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) etmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta Alloh uni bilur”  (Oli Imron surasi, 92-oyat).

Nurullo Mahkamov,
Chust tuman “Said Nasimxon to'ra” jome
masjidi imom-
noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

15.09.2026   13807   2 min.
Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Islom ma’rifati, hadis ilmi va Imom Buxoriy merosi" o‘quv kursi o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida ekskursiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, nazariy va amaliy masalalar ko‘rib chiqildi, xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.

- Bu yerga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi faqat ibodat qilish uchun emas, balki ma’naviy "oziq" olish uchun ham borishi kerak, - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Bu yerda faoliyat yuritayotgan gidlarning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yar ekanmiz, ularga Imom Buxoriyning bizga qoldirgan merosini, bu merosning tarixiy manbalarini chuqur o‘rgatishimiz shart.

Kurs doirasida majmuaga birinchi marta tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Xorijlik ziyoratchilarga nafaqat Imom al-Buxoriy hayotidagi faktlar va diniy qadriyatlarimizni yetkazish, balki boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va yetkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Gid-ekskursovodlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berdilar. Bu bevosita ekskursiyalarni o‘tkazish paytida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Kurs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash va uning atrofini obodonlashtirish departamenti tomonidan tashkil etildi.

Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar turizm salohiyatining muhim qismi bo‘lgan Samarqand viloyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Mehmonga tashrif buyuriladigan joyning tarixi qanchalik to‘liq va tushunarli ochib berilishi gidning professionalligiga bog‘liq. Shuning uchun ham gid-ekskursovodlarning malakasini muntazam oshirib borish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish Samarqandda turizm xizmatlari sifatini oshirishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari