Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyul, 2026   |   13 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:08
Peshin
12:35
Asr
17:35
Shom
19:50
Xufton
21:18
Bismillah
27 Iyul, 2026, 13 Safar, 1448

Bugungi davrning muhim kitobi

11.06.2020   16274   1 min.
Bugungi davrning muhim kitobi

VABO-insonlar uchun bir sinov. O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti shu sarlavha bilan kitob nashr qildi. Kitob butun insoniyatga va yurtimizga yuborilgan yuqumli kasallik, unga qanday munosabatda bo‘lish, ommaviy epidemiya - pandemiya sharoitida o‘zni qanday tutish to‘g‘risida, har qanday sharoitda mehnat qilib, Alloh bergan nasibani halol yo‘l bilan topish, shoxdor virus sharoitida respublikamizni iloji boricha kamroq talofot bilan olib chiqish yo‘lida Davlat Rahbari va hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida muftiy hazratlari U.Alimov va boshqa taniqli ulamolarimizning maqolalari chop etilgan.

Sinovlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinaydi, O‘ziga yaqinlashtiradi va gunohlarini kechiradi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim, deyiladi muftiy hazratlari yozgan so‘zboshida. Asarning tarkibiga kirgan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi qalamlariga mansub "Dehqonchilik-tirikchilikning mustahkam tayanchi" maqolasi ham juda dolzarb mavzuda yozilgan.

Maqolada, jumladan, Rasuli Akram (s.a.v.) tomonlaridan marhamat qilingan quyidagi hadis keltirilgan:"Kim Allohga ishonib, savob umidida qarovsiz qolgan yerni obod qilsa, Alloh unga yordam va baraka beradi" (Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyati). Demak, deya xulosa qiladilar muftiy hazratlari, har bir qarich yerdan unumli foydalansak, astoydil mehnat qilsak, hukumatimizga kamarbasta bo‘lsak, og‘ir kunlardan Qodir Egamizning marhamati ila eson-omon o‘tib olamiz.

 

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari

Shoazim Minovarov

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutining ilk magistrlari xatmona tadbiri bo‘lib o‘tadi

22.07.2026   17836   1 min.
Toshkent islom institutining ilk magistrlari xatmona tadbiri bo‘lib o‘tadi

Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida mamlakatimiz diniy-ma’rifiy hayotidagi muhim voqea – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining ilk magistrantlariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli ulamolar, imom-xatiblar, ustoz-talabalar va OAV xodimlari ishtirok etadi.

E’tiborlisi, Toshkent islom instituti tarixida ilk bor 2024 yilda tashkil etilgan magistratura bosqichini iqtidorli talabalar muvaffaqiyatli tamomladi.

Marosim "Hazrati Imom" jome masjidi yonidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi binosining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tafsilotlari va bitiruvchilarga kutilmagan xushxabarlarni sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari