TILOVAT SAJDASI
*** Sababi, hukmi va vaqti ***
Shartlari: tahorat qilish, qiblaga yuzlanish hamda avrat joylarini berkitish.
Vojib bo‘lishining sababi: sajda oyatini o‘qish yo eshitish.
Sajda oyati namozdan boshqa payt o‘qilganida, darhol sajda qilish shart emas. Faqat kechiktirilishi tanzihiy makruhdir. Forschaga o‘xshash (arab tilidan boshqa tilda) sajda oyati o‘qigan kishi ham sajda qilishi lozim. Sajda kalimasini o‘zidan avvalgi va keyingi kalimalardan biri bilan o‘qish, oyatni to‘la o‘qish kabidir.
Sajda oyati bo‘lgan suralar:
A’rof surasi, 206-oyat;
Ra’d surasi, 15-oyat;
Hahl surasi, 49-oyat;
Isro surasi, 107-oyat;
Maryam surasi, 58-oyat;
Haj surasi, 18-oyat;
Furqon surasi, 60-oyat;
Naml surasi, 24-oyat;
Sajda surasi, 16-oyat;
Sod surasi, 24-oyat;
Fussilat surasi, 37-oyag;
Najm surasi, 62-oyat;
Inshiqoq surasi, 21-oyat;
Alaq surasi, 19-oyat.
*** Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas? ***
Sajda oyatlaridan birini eshitgan kishiga, eshitishni qasd qilmagan bo‘lsa ham, tilovat sajdasi vojib bo‘ladi. Sajda oyatini o‘qish va eshitish bilan, hayz va nifosdagi ayollarga sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Imomga iqtido qilgan kishi sajda oyatini o‘qisa, imomga ham, jamoatga ham sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Faqat imom va jamoat sajda oyatini namoz o‘qimayotgan bir kishida eshitsalar, namozdan so‘ng sajda qilishlari lozim. Bu holda agar namoz asnosida sajda qiladigan bo‘lsalar, zimmalaridagi sajda o‘rniga o‘tmaydi, ammo namozlari ham buzilmaydi. Ishonchli nuqtayi nazarga ko‘ra, ma’nosini tushunish sharti bilan, forscha kabi (boshqa tilda) sajda oyati eshitilsa ham, sajda qilish vojib bo‘ladi. Uxlayotgan kishidan, yosh boladan, hayz yo nifosdagi ayoldan sajda oyati eshitilganida ham sajda qilish vojib. Tutiqush va aks sadodan eshitilgan sajda oyati tufayli sajda qilish vojib bo‘lmaydi.
Izoh: Zamonamizda mavjud bo‘lgan radio, televizor va shunga o‘xshash vositalardan Qur’oni karimni tinglash bilan savob qozonilganidek, sajda oyatini eshitish tufayli, sajda qilish vojib bo‘ladi.
*** Tilovat sajdasining vaqti va shakli ***
*** Joyni o‘zgartiradigan sabablar ***
Turgan yo o‘tirgan joyidan zarurat uchun bo‘lsa ham ajralish, daraxtda bir shoxdan boshqa shoxga o‘tish, anhor yoki kattaroq hovuzda (sajda oyati o‘qilgan) joydan boshqa joyga suzib o‘tish bilan, joy o‘zgargan hisoblanadi.
*** Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar ***
*** Turli masalalar ***
Sajda oyati bo‘lgan surani o‘qiyotib, sajda oyatini o‘qimay tashlab ketish makruhdir.
Sajda oyatiga bir yoki bir necha oyat qo‘shib o‘qish mustahabdir.
O‘tirgan kishining tilovat sajdasi qilish uchun o‘rnidan turib, sajda qilishi mustahabdir.
Sajda oyatini eshitgan kishining o‘qigan kishidan avval boshini sajdadan ko‘tarmasligi ham mustahabdir.
Sajda oyati bir jamoat ichida o‘qilib, hamma birdan sajda qilishi lozim bo‘lganida, oyatni o‘qigan kishining oldinroqqa o‘tishi va jamoatning saf tortishi shart emas. Har kim o‘tirgan joyida, xohlaganidek sajda qiladi.
*** Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari ***
Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari namozning sahih bo‘lish shartlaridir (takbiri tahrimadan boshqa).
*** Ado etish tartibi ***
Sajda oyatini o‘qigan yoki eshitgan kishi o‘tirgan bo‘lsa, o‘rnidan turadi. Qo‘lni ko‘tarmay takbir aytib, sajdaga boradi va yana takbir aytib, o‘rnidan turadi. Shu tartibda bir marta sajda qiladi. So‘ng tashahhud o‘qimaydi va salom bermaydi.
*** Shukr sajdasi ***
Hazrati Abu Bakrdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, insonni xushnud qiladigan bir narsaga ro‘para kelganlarida yoki biror xushxabar eshitganlarida Alloh taologa shukr qilish maqsadida darhol sajda qilar edilar.
Shukr sajdasi Imomi A’zamga, roziyallohu anhu, ko‘ra namozdan so‘ng makruhdir va hech qanday savobi yo‘q, qilmagan afzaldir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra esa, savob bo‘lgan bir ibodatdir. Shukr sajdasi tilovat sajdasi kabi ado etiladi.
Izox,: Fiqh ulamolari Imom A’zamning, rahmatullohi alayh, bu nuqtayi nazarlarini, qilinishi vojib emas deb, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadning fikrlarini esa, qilinishining zarari yo‘q, joizdir deb sharhlashganlar. Bunga ko‘ra, har bir xushxabarni eshitganida sajda qilish shart emas, ammo qilinishi joizdir.
*** Har baloning daf qilinishi haqida ***
Imom Nasafiy «Kofiy» nomli asarlarida aytadilarki, kimki bir joyda barcha sajda oyatlarini o‘qib, har biri uchun alohida-alohida sajda qilsa, bu ibodat tufayli boshiga keladigan barcha balolardan omon qoladi.
*** Juma namozining hukmi ***
Juma namozi quyidagi yetti shartni jam qilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun farzi ayndir.
Farz bo‘lishining shartlari:
*** Durust bo‘lishining shartlari ***
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, juma farzi uchun yetarli jamoat qul, musofir va bemorlardan iborat bo‘lsa ham, imomdan boshqa uch erkak kishidir. Mazkur jamoat bilan juma namozi o‘qish mumkinligining sharti bu kishilarning birinchi sajdaga borgunlaricha imom bilan birga qolishlaridir. Ilk sajdani qilgach, (namozni buzib) tarqaydigan bo‘lsalar, imom namozni yolg‘iz o‘zi juma namozi sifatida tamomlaydi. Ammo imom birinchi sajdaga bormasidan, jamoat tark etadigan bo‘lsa, namoz buziladi. Uch kishilik jamoatdan biri ayol yoki yosh bola bo‘lsa, namoz sahih bo‘lmaydi. Qul, musofir va bemorning juma namozida imom bo‘lishi joizdir.
*** Juma namozining xutba va sunnatlari ***
Juma xutbasida tasbeh yoki tahmid bilan kifoyalanish, karohat bilan joizdir.
Juma xutbasining o‘n sakkiz sunnati bor:
*** Juma namoziga oid turli masalalar ***
KЕYINGI MAZULAR:
Hayit namozlari hukmi va shartlari;
Ramazon hayitining mustahablari;
Hayit namozining vaqti;
Hayit namozlarini o‘qish tartibi;
Qurbon hayitining hukmi;
Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi;
Tashriq takbiri;
Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz;
Oy tutilganida o‘qiladigan namoz;
Yomg‘ir so‘rash duosi;
Xavf (qo‘rquv) namozi;
Takrorlash uchun savollar.
Abu Bakr roziyallohu anhuning muhabbati
Buyuk sahobiy Abu Bakr roziyallohu anhu bunday deydilar: “Biz hijratda edik. Men juda chanqab turgan edim. Ozgina sut olib kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatdim va: “Yo Allohning Rasuli, ichib oling”, dedim. Rasululloh ichdilar-u, mening chanqog‘im qondi”.
Bu gaplar aynan haqiqat. Abu Bakr roziyallohu anhu chin dildan shunday dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ichdilar va Abu Bakr roziyallohu anhuning chanqoqlari qondi. Bu muhabbatning go‘zalligini his qila olyapsizmi? Bu o‘zgacha, xos bir muhabbatdir...
Savbon roziyallohu anhuning muhabbati
Payg‘ambar alayhissalom dastyorlari Savbon roziyallohu anhuning oldida kun davomida bo‘lmadilar. Nabiy alayhissalom qaytib kelganlarida Savbon roziyallohu anhu u zotga qarab: “Ey Allohning Rasuli, meni yolg‘iz tashlab ketdingiz”, dedi-da, yig‘lab yubordi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Shunga yig‘layapsanmi?” – dedilar. Savbon roziyallohu anhu: “Yo‘q, Rasululloh! Lekin jannatda sizning va o‘zimning martabamni yodga olib qo‘rqib ketdim. Alloh taoloning mana bu oyati esimga tushdi: «Kimda-kim Alloh va Payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Allohning in’omiga erishgan zotlar, ya’ni, payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular esa eng yaxshi hamrohlardir»[1]. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xursand bo‘laver! Sen ham o‘zing muhabbat qo‘yganlar bilan birgasan”, dedilar.
Savod ibn G‘oziyyaning muhabbati
Savod ibn G‘oziyya Uhud g‘azoti kunida qo‘shinning markazida turardi. Nabiy alayhissalom qo‘shinga qarata: “Saflarni rostlanglar, to‘g‘ri turinglar!” – dedilar. Qarab borar ekanlar Nabiy alayhissalom Savod roziyallohu anhuning to‘g‘ri turmaganini ko‘rib: “Rostlangin, ey Savod!” – dedilar. Sahobiy: “Xo‘p”, dedi-yu, biroq to‘g‘irlanmasdan turaverdi. Payg‘ambar alayhissalom u tomonga yaqinlashib, qo‘llaridagi misvoklari bilan sahobiyning biqiniga niqtab: “Savod, to‘g‘ri turgin!” – dedilar. Savod: “Og‘rittingiz, Rasululloh! Alloh taolo sizni haq ila yuborgan bo‘lsa, endi men sizdan o‘ch olishim uchun imkon bering”, dedi. Payg‘ambarimiz alayhissalom qorinlarini ochib: “Qasosingni olvol, Savod”, dedilar. Savod roziyallohu anhu egilib qorinlarini o‘pa boshladi va: “Yo Allohning Rasuli, bugun shahidlik kunidir, shuning uchun ham oxirgi onlarimda tanam sizning muborak tanangizga tegib qolishini xohladim”, dedi.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Minbar yasalmasidan avval Nabiy sollallohu alayhi vasallam xurmoning tanasiga suyanib xutba qilar edilar. Bir muddat o‘tib, minbar joylashtirilganidan so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarildilar. Shunda o‘sha xurmo tanasidan (yosh boladay) o‘ksik ovoz chiqdi. Uni, hatto biz ham eshitdik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keldilar-da, unga qo‘llarini tekkizdilar. Zum o‘tmay u tinchib qoldi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Niso surasi, 69-oyat.