Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Mart, 2026   |   5 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:59
Quyosh
06:19
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:44
Xufton
19:57
Bismillah
25 Mart, 2026, 5 Shavvol, 1447

Xorijga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lgan xususiy bandlik agentligi xodimlari ushlandi

31.01.2020   5661   1 min.
Xorijga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lgan xususiy bandlik agentligi xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishni va’da qilib, 5 kishidan jami 35 ming dollar olmoqchi bo‘lgan xususiy bandlik agentligi vakillari ushlandi.

«Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «O. xususiy bandlik agentligi» MCHJ xodimlari M.I., T.A. va fuqaro I.X. fuqaro L.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 4 nafar o‘g‘illari va 1 nafar jiyanini noqonuniy ravishda, tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga har biri uchun 7 000 AQSH dollaridan jami 35 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 17 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga bergan ma’lumotda.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida «A.visa» MCHJ rahbari Sh.A. yuqorida nomlari keltirilgan 5 kishini noqonuniy ravishda Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga bo‘nak sifatida 2 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

HORIJDAGI YURTDOSHIM
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘g‘limni tarbiyali qilib ber, Allohim

24.03.2026   2778   1 min.
O‘g‘limni tarbiyali qilib ber, Allohim

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Mashhur tobein Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayhning Ali ismli o‘g‘li bo‘lib, ilmga qiziqmas, boqibeg‘am bola edi. Otasi uni tarbiya qilishga har qancha urinmasin, biror o‘zgarish bo‘lma di. Shunda farzandi haqqiga bunday duo qildi:

 

اللهم إنِّي اجْتَهَدْتُ أَنْ أُؤَدِّبَ عَلِيًّا قلم أَقْدِرُ عَلَى تَأْدِيبِهِ فَأَذِبُهُ أَنْتَ

Ma’nosi: Allohim, men o‘g‘lim Alini odobli qilishga harchand harakat qildim, ammo qurbim yetmadi, bas, O‘zing menga uni tarbiyali qilib ber.

Ushbu duoning barakotidan Ali ibn Fuzayl rahmatullohi alayh ulug‘ olim bo‘lib yetishdi.


Imom Nasoiy rahmatullohi alayh Ali ibn Fuzaylni “siqa” (ishonchli) “mamun” (omonatli) degan.


Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh: “Odamlarning eng yaxshisi Fuzayl ibn Iyoz, undan ham yaxshirog‘i o‘g‘li Alidir”, degan.


Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayhi: “Men Fuzayldan va uning o‘g‘lidan ko‘ra Allohdan ko‘proq qo‘rqadigan biror kimsani ko‘rmadim”, degan (Siyarul a’lam an-nubalo).

 

Mohira ZUFAROVA

Maqolalar