Biz buyuk dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, hayotda asl insoniy fazilatlarni qaror toptirishga da’vat etadi.
Sh.Mirziyoyev
Har bir zamonda bo‘lganidek yaxshilik va yomonlik doimiy bir-biridan o‘zishga raqobat qilib kelmoqda. Voqe’likdagi bu haqiqat bugungi globallashuv asrimizda ham o‘z mazmunini yo‘qotmasdan kelmoqda. Albatta, har qanday vaziyatda ham sog‘lom e’tiqodli shaxs, bularni to‘g‘ri baholay oladi, ularga qarshi o‘zini mustaqil fikrini bildira oladi.
Hozir, eng katta va global muammolardan biri, albatta, terrorizmdir. eng achinarlisi, bu jinoyatlarni muqaddas Islom dini nomidan qilishga intilish, vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Din to‘g‘risidagi ilmi sayoz, johillarni o‘zlarining noto‘g‘ri da’volariga ergashtirib, Islom dinining va jami musulmonlarning nomiga dog‘ tushurishga harakat qilinmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqyosida 500 dan ortiq o‘zlariga Islom dinini niqob qilib olgan adashgan, jinoyatchi to‘dalar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati o‘zlarining mudxish jinoyatlarini muqaddas Islom dini nomidan amalga oshirib, ham Islom dinini butun dunyoga yomon otliq qilishga, ham musulmonlar orasini buzishga va eng asosiysi u yerlardagi yer osti va yer usti boyliklariga egalik qilishga harakat qilishmoqda.
Bu toifalar deyarli barchasining zohiriy maqsadlari Islom shariatiga asoslangan davlat qurish deb ko‘rsatilsada, aslida ular tomonidan olib borilayotgan mudxish jinoyatlar Islom dinini batamom yo‘qotishga qaratilganligini har qanday teran fikrli inson anglab yetishi qiyin emas.
1970 yildan bugungacha bo‘lgan davrda bu adashgan toifalar faoliyatini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, ularning nomlari faqatgina jinoyat va vayronkorlik ustida tilga olinayotganligini, hech bir joyda bunyodkorlik, insonlarga yordam berish yoki boshqa ezgu ishlar ularga tomomila zid ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Dunyo yangiliklarini kuzatadigan bo‘lsak ham Yer yuzida ro‘y bergan noxush voqealarning deyarli 70% terroristik aktlar yoki shunga o‘xshash jinoyatlar ekanligi insonni tashvishga soladi. Bu jinoyatlarning muqaddas Islom dini nomidan amalga oshirilishi esa hammasidan ham tashvishli holatdir.
Dunyo miqyosida bugungi kundagi faoliyat olib borayotgan “Al Qoida”, “ISHID”, “Boko Xaram”, “Takfir val hijra” va yana ko‘plab shu kabi nomdagi toifalar insonlar, jumladan, musulmonlar boshiga kulfat yodirishdan to‘xtashmayati.
Misol qilib oladigan bo‘lsak, «ISHID»chilar ham o‘zlariga o‘xshagan boshqa buzg‘unchi toifalar kabi o‘tmishda o‘tgan ajdodlari izidan borib, Suriya va Iroq kabi obod diyorlarning kulini ko‘kka sovurib, faqatgina Islomga va musulmonlar jamoasiga zarar berishdan boshqani bilmadi. Natijasi esa hammaga ma’lum. Millionga yaqin musulmonlarning begunoh qonini to‘kib, uylarini vayron qilishdi. Ular: «Biz Islom uchun harakat qilayapmiz, biz jihodchilarmiz» deya iddao qilib, har kuni ming-minglab begunoh musulmonlarni yostig‘ini quritib, bolalar, ayollar, hatto, qariyalarni ham ommaviy qatliom qildilar, diyorlarni xarobayu, vayronalarga aylantirib, ijtimoiy hayotni umuman izdan chiqarib yubordilar.
Bugungi kundagi jinoyatchi toifalarning deyarli barchasi o‘z faoliyatlari davomida firqalanish, musulmonlarni takfirda ayblash, voqe’likka zid bo‘lgan «buyuk xalifalik» qurish, o‘zlariga qo‘shilmagan har bir insonga nisbatan jihod e’lon qilish, xudkushlik, nohaqlik, zulm, hiyonat va umuman dinimiz qaytargan barcha turdagi illatlar bilan o‘zlarini «ziynatlashdi».
Vaholanki, “musulmon kishi birovga tili bilan ham, qo‘li bilan ham ozor bermaydigan kishidir”, degan Muqaddas Islom dinimiz shiori bu adashganlar uchun umuman yot tushuncha bo‘lib, bularning asl maqsadlari Islomni va musulmonlarni Yer yuzidan yo‘q qilishdan hamda moddiy manfaatdorliklardan iboratdir.
Axir, Alloh o‘z kalomida: «Biror jonni o‘ldirmagan yoki yerda fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam huddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o‘limdan qutqarib qolgan) odam esa, barcha odamlarni tiriltirgan kabidir. Rasullarimiz ularga (ilohiy) hujjatlarni keltirdilar. So‘ngra ularni ko‘pchiligi o‘shandan keyin (ham) yerda isrof qiluvchilardan bo‘ldilar». (Moida 32). «Alloh buzg‘unchi kimsalarni ishini o‘nglamaydi». (Yunus 81). «Alloh odamlarga zulmni ravo ko‘rmas». (Oli Imron 108) deb marhamat qilmaganmidi axir!?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bo‘lgan urushlardan birida U zot, dushman tomonidan o‘ldirilgan bir ayolni ko‘rib qoldilar va bu ishni qattiq qoralab: «Men sizlarni ayollarni o‘ldirishdan qaytarmaganmidim?! Axir bu urushmaganduku!» demabmidilar!? Nabiy sollallohu alayhi vasallam hatto, harbiy holatda ham insoniy asoslarni mana shunday tatbiq etdilar. Bunday oyat va hadislardan yuzlab keltirish mumkin. Ozgina vidjoni bor insonga mana shularning o‘zi ham yetarli.
“Buyuk islom xalifaligini” da’vo qilyotgan jangari johillar qaysi kitob asosida, kimning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilayotganlirini o‘ylanib qolasan kishi. Bu ishlar ularning qilmishlaridan bir parcha xolos. Teran fikrli, aqli raso inson hulosani o‘zi chiqarib olaveradi. So‘zimni, birinchi yurtboshimiz Islom Karimovning quyidagi mazmundagi so‘zlari bilan tamomlamoqchiman: “Bo‘ldi endi, bizning ulug‘ Islom dinimiz nomidan ish qilishni bas qilinglar!».
Raximov Uchqun
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus
islom bilim yurti ma’naviy – ma’rifiy
ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari.
Muharram oyining 1-kuni — 2026 yil 16 iyun, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Muharram — hijriy taqvimning birinchi oyi bo‘lib, Qur’oni karimda zikr qilingan to‘rt ulug‘ va hurmatli oylardan biridir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko‘rganlarida shunday duo qilardilar:
اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ
O‘qilishi:
«Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh».
Ma’nosi:
«Ey Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!»
Yangi 1448-hijriy yilda Alloh taolo xonadonlarimizga tinchlik va baraka, qalblarimizga mustahkam iymon bersin va hayotimizda bizni solih amallarga muvaffaq aylasin!
1448 hijriy yil — muborak bo‘lsin!
#hijriy_1448_yil #yangi_oy_e’loni #yangi_hijriy_yil
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati