Masjidga kirayotganda...
Allohumma-aftah li abvaba rohmatik.
Ma’nosi: «Yo Alloh, menga rahmat eshiklaringni och».
Masjiddan chiqayotganda...
Allohumma inni as’aluka min-fazlik.
Ma’nosi: «Yo Alloh, Sening fazling va karamingni so‘rayman».
O‘MI matbuot xizmati
Muharram oyining 1-kuni — 2026 yil 16 iyun, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Muharram — hijriy taqvimning birinchi oyi bo‘lib, Qur’oni karimda zikr qilingan to‘rt ulug‘ va hurmatli oylardan biridir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko‘rganlarida shunday duo qilardilar:
اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ
O‘qilishi:
«Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh».
Ma’nosi:
«Ey Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!»
Yangi 1448-hijriy yilda Alloh taolo xonadonlarimizga tinchlik va baraka, qalblarimizga mustahkam iymon bersin va hayotimizda bizni solih amallarga muvaffaq aylasin!
1448 hijriy yil — muborak bo‘lsin!
#hijriy_1448_yil #yangi_oy_e’loni #yangi_hijriy_yil
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati