O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Sultonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
Janoza namozi 2019 yil 13 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘ida bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Diniy soha xodimlari o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning viloyat bosqichlari tashkil etilmoqda.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan mazkur bosqichlarda shaharu tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro bellashdi. Ular o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va mahoratli ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati