Musulmon me’morligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi bilan bogliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur.Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgandi. Albatta, Amir Temur birinchi navbatda o‘z poytaxti Samarqandni dunyoning eng go‘zal va obod, ko‘rkam shahriga aylantirishni istar edi. Uni davrida Samarqandning dovrug‘i doston bo‘ladi. Shaharning to‘rt tomonida to‘rtta darvozasi bo‘lgan.Samarqandning o‘zida sohibqiron hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, katta 5 ta bozor bo‘lgan. Xukmdor poytaxti atrofini bog‘larga aylantirgan. Bundan tashqari Shahrisabzdagi “Oq saroy” o‘z davrining eng muhtasham, betakror, murakkab me’moriy yechimga ega inshooti bulgan. Oradan bir necha yuz yilliklar o‘tgan bo‘lsada Amir Temur va Temuriylar bunyod etgan inshootlar o‘z mahobati va go‘zalligi bilan jahon me’morligining asl durdonalaridan biri bo‘lib turibdi.
Quyida Temuriylar tomonidan bunyod etilgan ba’zi inshootlarni e’tiboringizga havola etamiz
Jome masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid)
(“Shohizinda”—«tirik shoh» ma’nosini beradi).«Shohizinda» ansamblida Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.
«Guri Amir Maqbarasi» Sohibqiron shu yerga dafn etilgan. Ana shundan sung ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Amir Temurdan tashqari sohibqironning o‘g‘illari Umarshayh Shoxruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bek va Amir Temurning piri Sayyid Barakaning ham sag‘analari bor.
“Zangi ota” maqbarasi
“Suzuk ota “ majmuasidagi qadimgi masjid
“Shayxontohur maqbarasi”
Maqola va rasmlar muallifi Shahzod Shomansurov
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.