Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Halimlik mo‘minlar sifati

26.11.2019   4209   5 min.
Halimlik mo‘minlar sifati

Halimalik insonning juda noyob fazilatlaridan biri hisoblanadi. Halimalik xislatiga ega bo‘lgan kishining darajasi yuqori, hurmati baland, qadr-qimmati oliy, Alloh huzurida va odamlar orasida izzat va darajasi yetuk va mukammal buladi. Ibn Abbosdan roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam A’sha Abdulqaysga: «Senda ikki xislat bordir. Alloh o‘sha xislatingni yaxshi ko‘radi. Ular halimlik va bosiqlikdir», deganlar. (Imom Muslim rivoyati)

Shuningdek, Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga do‘zaxga harom kishining yoki do‘zax unga harom bo‘lgan kishining xabarini beraymi? U birodarlariga hojat vaqtida yaqin turadigan, tavoze’li va muloyim kishidir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Bu xislat “Muloyimlik bilan ilon chiqar inidan”, “Kamtarga kamol, manmanga zavol” kabi xalqimiz maqollarida ham o‘z aksini topgan. Shuningdek, xalqimiz shoirlaridan biri kamtarlik to‘g‘risida chiroyli tashbeh qilib xokisorlik haqida she’r bitganlar:

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,

Piyolaga egilar choynak.

Shunday ekan, manmanlik nechun,

Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam

O‘tma g‘urur ostonasidan.

Piyolani inson shuning-chun

O‘par doim peshonasidan.

Biz har qanday martabaga ega bo‘lmaylik, Alloh taolo bizlarni maqomga ko‘tarib qo‘ygan bo‘lmasin, biz ummatlar uchun Rasullulox sollallohu alayhi vasallamning chiroyli nasihatlari qulog‘imizdan ketmasligi lozim, chunki, u Zot shunday marhamat qilganlar: “Dunyoda biror narsa baland bo‘lsa, Alloh taolo uni pasaytirur”,

Yana bir hadisi qudsiyda Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam Alloh taolodan rivoyat qilib aytadilar: “Alloh taolo dedi: Kibriyo - hamma narsadan ustun bo‘lishlik ko‘ylagimdir va Azamat - hamma narsadan ko‘ra ulug‘ bo‘lish izorimdir. Bas, kimiyki mana shu ikkala sifatimdan birida men bilan talashsa, uni do‘zaxga uloqtiraman”.

Parvardigori olam bizlarga Qur’oni karimda Luqmoni Hakimning o‘g‘liga tarbiya berib aytgan nasihatini keltirib, shunday marhamat qiladi: “Ey o‘g‘ilcham, namozingni to‘kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o‘zingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta bu ishlar azmu-qaror bilan ado etiladigan ishlardandir. Odamlardan (kibrlanib) yuzingni burmagin va yerda kibru-xavo bilan yurmagin. Chunki Alloh taolo kibru-havoli, maqtanchoq kimsalarni sevmas. Yurishingda mu’tadil bo‘l va ovozingni pasaytir, chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir” (Luqmon, 17-18).

Jarir ibn Abdullohdan roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo‘libdi”, deganlar. (Imom Muslim rivoyati)

Yana bir hadisi sharifda Rasulullox sollallohu alayhi vasallam: “Men uchun eng sevimli va menga qiyomat kunida maqom jihatidan eng yaqin zot kimligini aytaymi?”, deb uch marotaba so‘radilar. Sahobalar: “Ha ayting, Yo Rasululloh”­­­­­-dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xulqi yaxshilaringiz va halimlaringizdir”, deb bashorat berdilar.

 “Bir kuni hazrati Umar roziyallohu anhu bozorga chiqdilar. Bozordan bir qop piyoz sotib olibdilarda, o‘sha bir qopni yelkalariga olib ketaveribdilar. O‘sha paytning podshohi, amirul mu’minin bir qop piyozni yelkalariga olib ketmoqdalar. Sotuvchi darhol qopga yopishib: “Ey amiral mo‘minin, qopni menga bering, siz qopni ko‘tarishligingiz uyat bo‘ladi, menga bering”, dedi. Hazrati Umar roziyallohu anhu dedilar: “Bu qopni ko‘tarishlikda bir nechta xislat bor: Avvalo, o‘zim uchun, oilam uchun xizmat qilyapman. Ikkinchidan, men o‘zim ko‘tara olaman. Yana bir kishini orqamdan ergashtirishimning hojati yo‘q, chunki uning ham o‘ziga yarasha bir foydali mehnati bor albatta. Uchinchidan, siz oldin ketsangiz men orqangizdan borsam kibrlanib ko‘kragim ko‘tariladi. Agar ko‘tarilgan ko‘kragimni Alloh bossa dunyo va oxiratim kuyib ketadi, piyozni ko‘tarsam, ko‘kragim pasayadi, Alloh taolo ko‘radi va mendan rozi bo‘ladi. Yana bir narsa esimdan chiqmasinkim, kechagina Umarcha edim, bugun Umar bo‘ldim. Umar bo‘lib qolishim, Umar bo‘lgandan keyin ham o‘zgarmaslik kerak”, degan ekanlar.

Ushbu voqeaga guvoh bo‘lgan sahobalardan Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu shunday deydilar: “Kim o‘z yukini o‘zi ko‘tarsa, kibrdan xoli bo‘libdi”. Abu Dardo roziyallohu anhu esa: “Modomiki, ortidan odam ergashtirib yurar ekan, banda Alloh taolodan uzoqlashaveradi”, dedilar.

Albatta, ushbu oyat va hadislarda kelgan nasihatlar har bir o‘sib kelayotgan yoshlar uchun dasturulamal bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda biz ilohiy hikmatni anglab yetgan bo‘lamiz.

 

Rahimov Uchqun

Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus

 islom bilim yurti ma’naviy­ – ma’rifiy

ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot aytadilar

07.04.2026   154   1 min.
Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot aytadilar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

﴿إِنَّ اللَّهَ ومَلَئِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ﴾

"Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar" (Ahzob surasi, 56-oyat).

Bu oyati karimadagi إِنَّ (inna) lafzi ta’kid uchun kelgan. Undan keyingi fe’l esa hozirgi va kelasi zamonni bildirib, doimiylikni anglatadi, ya’ni Alloh taolo va Uning farishtalari Nabiy sollallohu alayhi vasallamga har doim salavotu salom aytib turadilar.

"Ruhul-bayon" kitobining muallifi bu oyat tafsirida bunday yozadilar: "Alloh taoloning u zoti sharifga durud yuborishidan ko‘zlangan ma’no – u zotga "Maqomi mahmud"ni ato etishidir. Farishtalarining durud yuborishidan maqsad esa u zotning darajalari va martabalarini baland bo‘lishini so‘rab duo qilishlaridir. Mo‘minlarning durud yuborishlaridagi ma’no u zoti sharifning go‘zal xulqlarini yod etib, u zoti sharifni ta’riflash uchundir".

Bu oyatlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Alloh taologa qanchalik mahbub ekanliklarining belgisidir. Modomiki Alloh taolo u zotni shu darajada sevar ekan, biz mo‘minlarda ham u zotning muhabbati bo‘lmog‘i lozim.

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi

Maqolalar