Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2026   |   25 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:06
Xufton
20:22
Bismillah
14 Aprel, 2026, 25 Shavvol, 1447

Namoz saboqlari: Azon va azon duosi (Audio)

20.11.2019   216853   1 min.
Namoz saboqlari: Azon va azon duosi (Audio)

Allohu akbar

Allohu akbar!

Allohu akbar

Allohu akbar!

Ashhadu al laa ilaha illalloh!

Ashhadu al laa ilaha illalloh!

Ashhadu anna Muhammadar rosululloh!

Ashhadu anna Muhammadar rosululloh!

Hayya ’alas-solah!

Hayya ’alas-solah!

Hayya ’alal falah!

Hayya ’alal falah!

Allohu akbar!

Allohu akbar!

Laa ilaha illalloh.

Ma’nosi: Alloh ulug‘dir!

Alloh ulug‘dir!

Alloh ulug‘dir!

Alloh ulug‘dir!

Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga iqrorman! Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga iqrorman!

Muhammad Allohning elchisi ekaniga iqrorman! Muhammad Allohning elchisi ekaniga iqrorman!

Namozga shoshiling!

Namozga shoshiling!

Najotga shoshiling!

Najotga shoshiling!

Alloh ulug‘dir! Alloh ulug‘dir!

Allohdan o‘zga iloh yo‘q!

Bomdod namozining azonida Hayya ’alal falah! so‘zlaridan keyin ikki marta «As-solatu xoyrum minan-navm! («Namoz uyqudan afzaldir!») kalimalari aytiladi.

 

AZON DUOSI

 

Allohumma robba hazihid da’vatit tammah. Vas-solatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah. Vad-darojatal ’aliyatar rofi’a. Vab’as-hu maqomam mahmudanillaziy va’adtah. Varzuqna shafa-’atahu yavmal qiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad!

Ma’nosi: Ushbu komil da’vatning va vaqti hozir bo‘lgan namozning Parvardigori, yo Alloh! Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ga vasila, fazilat, baland va oliy daraja ato et. Uni O‘zing va’da qilgan maqtovli maqomda tiriltir. Bizga Qiyomat kuni uning shafoatini nasib et. Albatta, Sen va’daga xilof qilmaysan.

 

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xatayda "Buxoro" masjidi foydalanishga topshirildi

14.04.2026   1785   1 min.
Xatayda

Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi.

Masjidga Turkiyaning murakkab davrlaridan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorlik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berildi.

Ibodat maskani 3200 ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.

Ochilish marosimida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Yangiliklar