Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Nishonga urilgan gaplar: “Sadaqa – Alloh taoloning g‘azabi o‘chishiga sabab bo‘ladi”

11.11.2019   3821   1 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Sadaqa – Alloh taoloning g‘azabi o‘chishiga sabab bo‘ladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

 

Hasan Basriy rahimahullohdan «Qiyomat kuni (azobning og‘irligi sababli) eng qattiq qichqiradigan kimsa kim?» deb so‘raldi. Shunda u kishi: «Ne’mat bilan rizqlanib, Allohga ma’siyat qilishda o‘sha ne’matdan foydalangan kimsa» deb javob berdilar.

*****

Bir kishi Hasan Basriy rahimahullohdan «Qizimni kimga turmushga beray?» deb so‘radi. Shunda ulug‘ tobein «Allohdan qo‘rqadiganiga ber! Agar yaxshi ko‘rsa, ikrom qiladi. Agar yomon ko‘rsa, zulm qilmaydi» deb javob berdilar.

*****

Bir a’robiyga o‘lim keldi.

Unga: “Qo‘rqmayapsanmi?” deyildi.

“O‘limdan keyin nima bor?” deb so‘radi.

“Allohga yo‘liqish” deyildi.

“Yaxshilikni faqat Undan ko‘rganim Zotga yo‘liqishdan nega qo‘rqay?!” dedi.

*****

SADAQA:

  • Alloh taoloning g‘azabi o‘chishiga;
  • Yomon o‘limdan saqlanishga;
  • Rizq eshiklarining ochilishiga;
  • Bemorning tuzalishiga;
  • G‘amning arishiga;
  • Gunohning mag‘firat qilinishiga sabab bo‘ladi.

*****

Ibn Xaldun rahimahulloh: «Inson o‘zining johilligini sezishi ma’rifatning turlaridan biridir» deganlar.

*****

Imom Buxoriy rahimahullohni har gapimizga qo‘shib, maqtanamiz. Birorta hadisni yoddan bilmasligimizni ko‘rsalar nima der ekanlar-a?!

 

Internet materiallaridan to‘plab,

tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

17.06.2026   3085   1 min.
YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun 17 iyun 2026 yil Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025-2026- o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari Umumta’lim fanlari: O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya hamda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanlari bo‘yicha boshlandi.

Mazkur imtihonlarda Yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Rahmatillo domla Usmonov ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyat tiladilar hamda ularning kelgusidagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga oid tavsiya va nasihatlar berdilar.

Yakuniy attestatsiya imtihonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida davom etmoqda.

 

https://t.me/nasafziyo/41684

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI
O'zbekiston yangiliklari