Er-xotin qovushganda, ehtilom bo‘lganda, ya’ni, uyquda yo uyg‘oqlikda maniy shahvat bilan chiqqanda, ayollar hayz va nifosdan toza bo‘lganidan so‘ng g‘usl (butun badanni suv bilan ishqalab yuvish) farz bo‘ladi.
Har juma va hayit namozlari uchun g‘usl qilish sunnatdir. Bu Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) doimo bajargan amallardandir.
G‘uslning farzlari:
Og‘izni suv bilan tomoqqa yetkazib, g‘arg‘ara qilib chayish;
Burunni suv bilan achishtirib chayish;
Butun badanni ishqalab yuvish.
G‘usl quyidagi tartibda qilinadi.
«Bismillahir rohmanir rohiym» deyiladi va g‘uslga niyat qilinadi.
Qo‘llar oshiqlari bilan yuviladi.
Ikki yo‘l yuviladi va tahorat olinadi. Badanda maniy bo‘lsa, yuvib ketkaziladi. Avval boshga, keyin o‘ng va chap yelkaga suv quyib, butun badan yaxshilab yuviladi. Agar badanda ignaning uchiday quruq joy qolsa ham, g‘usl tugal bo‘lmaydi.
O‘MI matbuot xizmati
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING
Boshqa maqolalar
Yangiliklar
Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi
21.07.2026
10370
1 min.
Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yaqinda lavozimga tayinlangan imom-xatib va imom noiblari uchun ilmiy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshliqlari Shayx Ali Fayzulloh Mahdum va Salohiddin Sherxonovlar ishtirok etdi. Unda Shayx Ali Fayzulloh Mahdum soha xodimlariga “Imomlik – sharafli kasb” hamda “Imomatda qiroatning ahamiyati” mavzularida ma’ruza qildi.
Ushbu suhbat davomida diniy soha xodimlarining mas’uliyati, masjidlardagi qiroat sifatini oshirish, imomlik maqomining ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda qavm bilan ishlash odoblariga alohida to‘xtalib o‘tildi.