Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2026   |   21 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:30
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:02
Shom
19:01
Xufton
20:17
Bismillah
10 Aprel, 2026, 21 Shavvol, 1447

Namoz saboqlari: Tahorat qilish tartibi (Audio)

31.10.2019   10736   2 min.
Namoz saboqlari: Tahorat qilish tartibi (Audio)

TAHORAT QILISH TARTIBI 

  1. Suv bilan (old va ma’qad) tozalanib bo‘lgandan so‘ng, tahoratga niyat qilgach, ko‘ngilda «Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi. 
  1. So‘ng qo‘llar oshiqlari bilan uch marta yuviladi. Qo‘l barmog‘ida uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib, o‘rniga suv yetkaziladi. 
  1. O‘ng qo‘l kaftiga suv to‘ldirib, og‘izga olinadi va og‘iz g‘arg‘ara qilib chayi­ladi va tishlar barmoq yo misvok bilan ishqalanadi. So‘ng yana shu tartibda og‘iz ikki marta chayiladi. 
  1. O‘ng qo‘l kaftiga suv to‘ldirilib burunga tortiladi, so‘ngra chap qo‘l bilan qoqiladi. Shu amal yana ikki marta bajariladi.
  2. O‘ng qo‘l bilan, kaftiga suv to‘ldirilib, yuz uch marta yuviladi. 
  1. O‘ng qo‘l tirsaklari bilan qo‘shib, ishqalab yuviladi. 
  1. So‘ngra chap qo‘l tirsak­lari bilan qo‘shib, ishqalab yuviladi. 
  1. Ikki qo‘lni ho‘llab o‘rta, nomsiz va kaftlar bilan boshning hamma qismiga mas'h tortiladi. 
  1. Mas'h tortishda boshga tegmagan ikki qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan ikki quloqning ichi, bosh barmoq bilan esa quloqlar orqasi mas'h qilinadi.
  2. Qo‘llar ho‘llanib, ikki qo‘lning uch kichik barmog‘i orqasi bo‘yin tomiriga tekkizib olinadi. 
  1. O‘ng oyoq to‘pig‘i bilan qo‘shib, chap qo‘lda ishqalab uch marta yuviladi. Birinchi yuvishdan so‘ng o‘ng oyoq panjalari orasi tagidan, jimjilog‘idan boshlab (chap qo‘l jimjilog‘i kiritilib) xilol qilinadi. 
  1. Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi. Ammo uning panjalari boshmoldog‘idan boshlab xilol qilinadi.

Tirnoqlarga, teriga (suv o‘tkazmaydigan) lak yoki bo‘yoqlar surilgan bo‘lsa, ularni ketkazib, so‘ng tahorat qilish kerak. Aks holda tahorat durust bo‘lmaydi.

Tahorat olayotganda gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga iloji boricha suv sachratmaslik kerak.

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamolar va yoshlar muloqoti

10.04.2026   276   1 min.
Ulamolar va yoshlar muloqoti

Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.


Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.


Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi. 

Ravza.uz

 

Ulamolar va yoshlar muloqoti Ulamolar va yoshlar muloqoti
O'zbekiston yangiliklari