Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Mart, 2026   |   5 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:59
Quyosh
06:19
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:44
Xufton
19:57
Bismillah
25 Mart, 2026, 5 Shavvol, 1447

Yong‘indan jabr ko‘rganlarga 100 mln. so‘mdan ziyod yordam berildi

05.10.2019   3145   2 min.
Yong‘indan jabr ko‘rganlarga 100 mln. so‘mdan ziyod yordam berildi

5 oktyabr, shanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbar xodimlari va Toshkent shahar imom-xatiblari poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasida yong‘indan jabr ko‘rgan to‘rtta xonadon ahlidan xabar oldi.
Ulamolar va imom-domlalar aziyat chekkanlarga tasalli berib, bunday talofatda qilgan sabrlari ajru savoblarga noil bo‘lishini so‘zlab berdilar. Yong‘indan jabr chekkan xonadon ahllariga 100 million so‘mdan ziyod pul mablag‘lari topshirildi.
Shuningdek, ushbu xonadonlarga mahalla ahli astoydil yordam ko‘rsatayotgani, yong‘in bo‘lgan xonadonlarni qayta qurish ishlari hashar yo‘li bilan bajarilishiga e’tibor qaratish va ana shunday og‘ir damlarda mahalla ahlining ittifoqligi juda ham katta oliy fazilat ekani alohida ta’kidlandi.
Darhaqiqat, har bir banda hayoti davomida turli qiyinchilik va musibatlarga duch keladi. Zotan, bu hayotning o‘zi imtihon dunyosidir. Bu haqda Qur’oni karimda bunday xabar qilinadi: “Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar(hosili)ni kamaytirish yo‘li bilan sinagaymiz” (Baqara, 155).
Banda gohida yaxshilik bilan, ba’zida qiyinchilik bilan sinaladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Musulmonga qay bir musibat: charchashmi, bemorlikmi, tashvishmi, xafachilikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki, tikan kirishmi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Abduhakim qori Matqulov, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov va Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo Abdurahmonov, “Oqlon” jome masjidi imom-xatibi Sobir qori Rustamov shunday damlarda hamjihat bo‘lish haqiqiy mo‘min kishining sifati ekanini alohida ta’kidladilar.
Ulamolarning hol-ahvol so‘rab kelganidan taskin topgan mahalla ahli va xonadon egalari shunday og‘ir damlarda tashrif buyurganlari va ko‘ngillarini ko‘targanlari uchun minnatdorlik bildirdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Rasululloh ﷺning bolalar bilan muloqotdagi uslublari

24.03.2026   3357   1 min.
Rasululloh ﷺning bolalar bilan muloqotdagi uslublari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan shunday gaplashar edilarki, ular o‘zlarini xuddi kattalardek his etishardi. Ammo ayrim odamlar bolalar bilan kulgili tovushlar chiqarib o‘ynashadi. Ba’zan ko‘chadagi bolalar bilan ham ularning jig‘iga tegib, o‘zlari qochib ketmaguncha hazillashadilar.

Hatto 10 yoshar bolani yuzlarini chimchilab xuddi go‘dakka o‘xshab kulishini kutamiz. Bunday erkalashlarda bola o‘zini kattalardek his qilmaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Abbos bilan suhbatlashganda, unga nimalarni aytganlarini bilasizmi? U zot sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Ey bolakay! Men senga kalimalarni o‘rgataman. Allohni(ng buyrug‘u qaytariqlarini) muhofaza qilgin, shunda U Zot seni muhofaza qiladi. Allohni muhofaza qilsang, U Zotni ro‘parangda topasan.

So‘ramoqchi bo‘lsang, Allohdan so‘ra. Ko‘mak istamoqchi bo‘lsang, Allohdan ista. Bilki, agar butun ummat (mahluqotlar) senga biror manfaat berish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini bera olmaydi. Agar ularning hammasi senga biror zarar yetkazish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini yetkaza olmaydi.

Ushbu muborak hadis Ibn Abbos roziyallohu anhu orqali bizgacha yetib keldi. Bu go‘zal so‘zlarni Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tinglaganlarida bor yo‘g‘i 9 yoshda edilar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar