18 avgust kuni dastlabki guruh o‘zbekistonlik hojilar ona-Vatanga yetib keldilar. Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan yurtdoshlarimizning barchalari sog‘-salomat.
Hojilarmiz Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, haj amallarini mukammal ado etishdi. Ibodatlar chog‘ida hojilar bugungi saodatli kunlar uchun shukronalar aytib, Yaratgandan yurtimizga qut-baraka, xalqimizga baxt-saodat, ertangi umidimiz bo‘lgan farzandlarimizga nurli kelajak so‘rab duolar qildilar.
O‘zbekistonlik hojilarimizning Vatanga qaytishlari shu yil 18 avgustdan 1 sentyabrgacha davom etadi.
Yurtimiz hojilarini haj amallarini mukammal ado etganlari bilan muborakbod etamiz. Barchalarining hajlari mabrur aylashini Yaratgandan so‘raymiz.





















O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 28-aprel kuni “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Yilning eng yaxshi Arab tili va balog‘ati fani o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu nufuzli tanlovni yuqori saviyada tashkil etish uchun keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borilib, ishtirokchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Shuningdek, 29-aprel kuni Imom Termiziy nomidagi islom institutida o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Yagona olimpiada” tanlovining respublika bosqichi o‘tkaziladi. Musobaqani adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida tashkiliy ishlar izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati