“Vaqf” fondining Andijon viloyati filiali tomonidan Oltinko'l tumanidagi boquvchisi yo'q, etim, moddiy ko'makka muhtoj 20 nafar o'g'il qizga yangi o'quv yili boshlanishi arafasida maktab formasi, o'quv qurollari va sumkalar xayriya qilindi.
“Vaqf” fondi
Matbuot xizmati
Diniy-ma’rifiy sohada zamonaviy axborot texnologiyalari va media imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida Mir Arab oliy madrasasida maxsus ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur studiya so‘nggi rusumdagi barcha zarur ovoz va tasvir uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, zamonaviy media talablariga to‘liq javob beradi. Endilikda oliy madrasa ustoz va talabalarining ma’rifiy chiqishlari, onlayn darslar hamda videomurojaatlari mazkur studiyada yuqori sifatda yozib olinmoqda.
Bu kabi imkoniyatlar talabalarning ilmiy va ma’naviy salohiyatini keng ommaga sifatli media mahsulotlar orqali yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.
Naqshband.uz