Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2026   |   19 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:14
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:12
Bismillah
02 Avgust, 2026, 19 Safar, 1448

QO‘SHNICHILIK HAQLARI

06.08.2019   6144   3 min.
QO‘SHNICHILIK HAQLARI

Muqaddas Islom dinimizda qo‘shnichilik haq-xuquqlariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar ular bilan qo‘shnichilik burchimizni ado etishimiz zarur.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu borada shunday marxamat qiladilar:

“Qo‘shnilar uch xil buladi:

Bitta haqi bor qo‘shni, ikkita haqi bor qo‘shni va uchta xaqi bor qo‘shnidir. Bitta haqi bor qo‘shni − mushrik qushnidir, uning qo‘shnichilik haqi bor xolos. Ikkita haqi bor qo‘shni esa, musulmon qo‘shnidir. Uning musulmonlik haqi hamda qo‘shnichilik haqi bor. Uchta haqi bor qo‘shni esa, musulmon va qarindosh qo‘shnidir uning qo‘shnichilik, musulmonlik va qarindoshlik haqlari bor.”

Hadisi shariflarda qo‘ni-qo‘shnichilik haklari odoblari to‘g‘risida zikr qilingan muborak so‘zlariga e’tibor berib, unga amal qilib, farzand-u zurriyotlarimizga ham uning savob-u gunohlarini tushuntirib borishimiz zarurdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

“Jabroil alayhissalom menga qo‘shnichilik haq-huquqlari to‘g‘risida shunchalik uzok uqtirdilarki, men hatto ko‘shnilar bir-birlaridan meros olishini ham tayinlasalar kerak, degan xayolga bordim”.

Vaholanki, xozirda aksar qo‘shnilar bir birlari bilan bo‘layotgan muomalalari mutloq hadislarda zikr etilayotgan haqlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Arzimagan sabablar bilan o‘rtalarida janjallar, noxush holatlar sodir bulayotgani hammamizga ma’lum. Bir yoki ikki qarich yerni deb, bir-birlari bilan yoqalashish, mahallada sharmanda bo‘lib, o‘z sha’ni, millati, dini esidan chiqib ketayotgan qo‘shnilar saflarimizda ko‘payib boryapti. Bularning hammasining sababi dunyoga bo‘lgan muhabbatimiz, ochko‘zligimiz, islom dinimizni yaxshi tushunmaganimiz oqibatidandir. Qo‘shnilar tomon baland imoratlar qurish, soyali daraxtlar ekish yoki ariqlarda oqib keladigan suv yo‘llarini yopib quyish bilan qo‘shnilarga ozor berayotgan qo‘shnilar albatta yuq emas. Natijada o‘rtadagi munosabat, muomala, bordi-keldilar kamayib bormoqda. U ham bo‘lsa, begonalar emas, yaqinlar, qarindoshlar, hattoki aka-ukalar o‘rtasida sodir bulyapti. Luqmoni Hakim shunday degan ekanlar “Og‘ir tosh ko‘tardim, temir ko‘tardim, ammo yomon qo‘shnidan og‘irroq narsa ko‘rmadim”.

Qo‘shnining haqlari to‘g‘risida dinimizda yana quyidagicha ko‘rsatmalar berilgan:

Agar biror yordam so‘rasa, yordam bermoq, qarz so‘rasa, qarz bermoq, vafot etsa, dafnda  qatnashmoq, biror quvonarli hodisa ruy bersa, tabriklamoq, biror musibat yetsa, hamdardlik birdirmoq, noqulay imorat qurish yoki soyali daraxtlar ekish ila haqiga tajovuz qilmaslik, uyga meva-cheva narsalardan keltirganda qo‘shnilarga ham ulashmok, agar bergisi kelmasa, o‘z bolalarini qo‘lida mevalar bilan qo‘shni bolalari oldiga chiqarmaslik, qozonni qirganda kapkir ovozi yoki taom hid bilan qo‘shniga ko‘z-ko‘z qilmaslik, hatto uning itini urmaslik lozimdir. Alloh taolo barchalarimizni qo‘shnilar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkam qilsin. Qo‘ni-ko‘shnilar bilan samimiy alokalarimiz yanada yaxshilanib borishini Alloh taolo barchamizga nasib aylasin.

Habibullo Ibodov
“Xalqobod” jome masjidi imom-xatibi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar

31.07.2026   24965   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar

Al-Azhar universiteti huzuridagi Xorijiy talabalar ta’limini rivojlantirish markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan arab tili bo‘yicha malaka oshirish dasturi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ikki hafta davom etgan o‘quv kursi arab tili o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va til o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘rganishga qaratildi.


Dastur yakunida o‘tkazilgan tantanali marosimda markaz rahbari, professor-doktor Nahla as-Saidiy ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirdi. U mazkur tashabbus Al-Azharning arab tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan loyihalari doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi.

Tadbir davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nahla as-Saidiy Toshkent islom instituti bilan akademik aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash tashabbusini ilgari surdi.


O‘z navbatida, Toshkent islom instituti vakillari dastur yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Al-Azhar universiteti rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar
O'zbekiston yangiliklari