Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2026   |   19 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2026, 19 Zulqa`da, 1447

Masjid odobini Imom Buxoriy hazratlaridan o‘rganaylik

10.07.2019   5247   2 min.
Masjid odobini Imom Buxoriy hazratlaridan o‘rganaylik

Barchamizga ma’lumki, masjid musulmonlar uchun ibodat maskani bo‘lib, unda yagona Alloh taologa ibodat qilinadi, qalban va ruhan  U zotga qurbat hosil qilinadi. Shuning uchun ham, masjid – Allohning uyi, deb e’tiqod qilinadi. Shu o‘rinda, masjidga kirishning nomozxon amal qilishi kerak bo‘lgan odoblari bo‘lib, bunga nomozxonning ma’naviy va jismiy nopokliklardan pok bo‘lishi misol bo‘ladi. Bu borada buyuk imomlarimiz hayotlaridan biz uchun go‘zal namunalar bisyor bo‘lib, quyida shulardan birini keltiramiz.

Bu namuna buyuk ajdodimiz, hadis ilmi sultoni Imom Buxoriy rahmatullohi alayh to‘g‘risida bo‘lib, voqeani o‘tgan asrimiz shayxlaridan biri Abdulfattoh Abu G‘udda rahimahulloh o‘zining Imom Abu Abdulloh Muhasibiy qalamiga mansub “Risalatul mustarshidin” asariga yozgan sharhida keltiradi:

“Imom Buxoriy rahimahullohning amallari to‘g‘risida gapirganda, bunga Hofiz Ibn Hajarning “Sahihi Buxoriy” sharhida Imom Buxoriy haqidagi rivoyatlari kifoyadir. Hofiz aytadi: “Muhammad ibn Mansur shunday deydi: “ Biz masjidlardan birida Abu Abdulloh Buxoriy bilan birga edik. Bir kishi soqoli orasidan nopok narsani oldida, uni yerga tashladi. Imom Buxoriyga nazar soldim. U kishi bir yerdagi narsaga qarardi, bir atrofdagi odamlarga qarardi. Nihoyat, odamlar g‘aflatda turishganida, yerdan narsani olib, cho‘ntaklariga solib qo‘ydi. Masjiddan chiqqanlarida, uni cho‘ntagidan chiqarib, yerga tashlaganini ko‘rdim”.

Ko‘rib turganimizdek, Imom Buxoriy hazratlari masjid yerini nopokliklardan asradi. Menga nima, deb e’tiborsizlik qilmadi. Bu esa, u kishining ilmu amali, taqvosi naqadar ekanligiga dalolat qiladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo bizlarga o‘zining solih bandalariga ergashishni buyuradi:

 

أولئك الذين هدى الله فبهداهم اقتده

“Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash”[1].

 

 

Xalilulloh Yusuf

  

[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ummatingizni qanday taniysiz?

07.05.2026   14   1 min.
Ummatingizni qanday taniysiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني  أنا يزيد  أنا حماد بن سلمة  عن عاصم  عن زر عن عبد الله قال: قيل: يا رسول الله كيف تعرف من لم تر من أمتك  قال :هم غر محجلون بلق من آثار الوضوء.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Ey, Allohning Rasuli ko‘rmagan ummatingizni qanday tanib olasiz?” deb so‘raldi. U zot: “Ularning peshona va oyoq-qo‘llari tahoratning izidan oppoq nurli bo‘ladi (shundan taniyman)”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

 

Maqolalar