Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2026   |   28 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:25
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2026, 28 Rajab, 1447

Libos

12.06.2019   10127   1 min.
Libos

Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga burda (libos) hadya qildi. U zot alayhissalom uni kiydilar. U zotning o‘sha kiyimga ehtiyojlari bor edi. Sahobalardan biri uni ko‘rdi-da, «Ey Allohning Rasuli, bu buncha ham chiroyli ekan. Menga kiydiring shuni» deb u zotdan o‘sha libosni so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam darhol yechib, o‘sha odamga berdilar. Shunda sahobalar o‘sha odamga «Yaxshi ish qilmading. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu kiyimga ehtiyojlari borligidan uni kiygan edilar. Keyin sen u zot hech kimni quruq qaytarmasliklarini bilib turib so‘rading» deyishdi. Buni eshitgan boyagi odam «Allohga qasamki, men u libosni kiyish uchun so‘ramadim. Balki men uni kafanim bo‘lishi uchungina so‘radim» dedi. Buxoriy rivoyati.

O‘sha sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning liboslarini o‘zida saqlab turdi va oxiri o‘sha kiyim uning kafani bo‘ldi.

Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi

16.01.2026   1984   1 min.
Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi

Kecha, 15 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildilar. 

Muloqot chog‘ida ikki davlat Rahbarlarining do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Misr o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, ayniqsa, mana shunday iliq munosabatlar natijasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng ko‘lamli sheriklik kengaygani, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. 

Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Misrning diniy muassasalari – Azhari sharif, Vaqflar vazirligi va Dor al-ifto o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlangani, xususan, diniy ta’lim yo‘nalishida malakali kadrlarni jalb qilish, imom-xatiblar malakasini oshirish, xalqaro anjuman-ko‘rgazmalarda ikki tomonlama faol ishtirok va hamkorlik qilinayotgani kabi jihatlarga urg‘u qaratildi. 

Elchi janoblari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki yurtni chuqur tarixiy do‘stlik, tamaddun va madaniy rishtalari bog‘lab turishi, xususan, buyuk vatandoshimiz Ahmad al-Farg‘oniy Misrda Nil daryosi suvining miqdorini o‘lchaydigan “Nilometr” asbobi ixtirosi va asli o‘zbekistonlik Ahmad ibn Tulun homiyligida Misr diyori ilm-fan va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgani, shuningdek, mamlakatdagi “O‘zbekiya” nomli daha go‘zal bog‘lari bilan ajralib turishini alohida qayd etdi. 

Tomonlar mutaxassislar kasb mahoratini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba almashish, anjumanlar o‘tkazish va jaholatga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘zaro esdalik sovg‘alari almashildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi
O'zbekiston yangiliklari