Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2026   |   24 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:20
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2026, 24 Rajab, 1447

Libos

12.06.2019   9256   1 min.
Libos

Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga burda (libos) hadya qildi. U zot alayhissalom uni kiydilar. U zotning o‘sha kiyimga ehtiyojlari bor edi. Sahobalardan biri uni ko‘rdi-da, «Ey Allohning Rasuli, bu buncha ham chiroyli ekan. Menga kiydiring shuni» deb u zotdan o‘sha libosni so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam darhol yechib, o‘sha odamga berdilar. Shunda sahobalar o‘sha odamga «Yaxshi ish qilmading. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu kiyimga ehtiyojlari borligidan uni kiygan edilar. Keyin sen u zot hech kimni quruq qaytarmasliklarini bilib turib so‘rading» deyishdi. Buni eshitgan boyagi odam «Allohga qasamki, men u libosni kiyish uchun so‘ramadim. Balki men uni kafanim bo‘lishi uchungina so‘radim» dedi. Buxoriy rivoyati.

O‘sha sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning liboslarini o‘zida saqlab turdi va oxiri o‘sha kiyim uning kafani bo‘ldi.

Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi

12.01.2026   2673   1 min.
Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Rossiya Federatsiyasining Mordoviya Respublikasi muftiysi Rail hazrat Asainovni qabul qildi. 

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Homidjon domla martabali mehmonga Diniy idora faoliyati, keyingi paytlarda yo‘lga qo‘yilgan Fatvo markazi faoliyati, bo‘limlar, nashriyot, hazrati Imom dahasida joylashgan tarixiy va zamonaviy obidalar haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida, Rail hazrat Asainov do‘stona qabuldan mamnun bo‘lganini izhor etib, O‘zbekistonga bo‘lgan ehtiromi bo‘lakcha ekani, bu yurtni nafaqat Imom Buxoriyning vatani, balki ilmiy noyob asarlar makoni sifatida qadrlashini aytib o‘tdi.

Tomonlar ilm-ma’rifat va Islom ravnaqi yo‘lida hamkorlik qilishda hamfikr ekanini bildirib, bundan keyingi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda yanada yaqin aloqalar o‘rnatish borasida so‘z yuritishdi. 

Uchrashuv yakunida Rail hazrat Asainovga O‘zbekiston musulmonlari idorasining esdalik hadyasi topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Mordoviya Respublikasi musulmonlari Diniy boshqarmasi 2000 yilda tashkil etilgan. Tashkilot Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi markazlashgan diniy tashkiloti tarkibida faoliyat yuritadi. Boshqarma tarkibiga Mordoviya Respublikasi hududida joylashgan 30 ta mahalliy diniy tashkilot kiradi. Rail hazrat Asainov ushbu tashkilotga 2023 yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Mordoviya Respublikasi muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari