Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2026   |   3 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:45
Shom
17:31
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2026, 3 Sha`bon, 1447

Libos

12.06.2019   10520   1 min.
Libos

Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga burda (libos) hadya qildi. U zot alayhissalom uni kiydilar. U zotning o‘sha kiyimga ehtiyojlari bor edi. Sahobalardan biri uni ko‘rdi-da, «Ey Allohning Rasuli, bu buncha ham chiroyli ekan. Menga kiydiring shuni» deb u zotdan o‘sha libosni so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam darhol yechib, o‘sha odamga berdilar. Shunda sahobalar o‘sha odamga «Yaxshi ish qilmading. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu kiyimga ehtiyojlari borligidan uni kiygan edilar. Keyin sen u zot hech kimni quruq qaytarmasliklarini bilib turib so‘rading» deyishdi. Buni eshitgan boyagi odam «Allohga qasamki, men u libosni kiyish uchun so‘ramadim. Balki men uni kafanim bo‘lishi uchungina so‘radim» dedi. Buxoriy rivoyati.

O‘sha sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning liboslarini o‘zida saqlab turdi va oxiri o‘sha kiyim uning kafani bo‘ldi.

Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

21.01.2026   2344   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Novqa ota” jome masjidi imom-xatibi Sharof domla Azimovning volidai muhtaramalari Baxmal hoji onaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

 

Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olib, iymon va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

 

Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila mukofotlasin.

 

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari