Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Luqmoni hakimdan so‘rashdi: “Hikmatni kimdan o‘rgandingiz?” U kishi javob berdilar: “Johillardan o‘rgandim. Har safar ularning ayb ish qilganlarini ko‘rganimda o‘sha ishni qilishdan tiyildim”.
Jaloliddin Rumiy rahimahulloh
*****
Kimda kim “Pul hamma narsani qila oladi” deb o‘ylasa, o‘sha odamning o‘zi pul uchun hamma ishni qiladi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Taslim bo‘lma! Ehtimol, umidsizlikka tushgan lahzang maqsadingga erishgan lahzangdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Eng afzal holatda bo‘lganingda eng nochor ahvoldagi kishilarni xursand qilishga intil!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Arslon yozishni o‘rganib olgunicha barcha qissalarda ovchilar maqtaladi.
Afrika maqoli
*****
Aqlli odam “Hamma narsani bilaman” deymaydi. Bu gapni faqat ahmoqlar aytadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
O‘zing hech narsa bo‘lsang, bobongning ulug‘ inson bo‘lganidan nima foyda?!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Muborak Qurbon hayiti arafasida Qashqadaryo viloyatida aholini ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan bolalarning jarrohlik amaliyotlari, onkologik va gematologik xastaliklari bor bemorlarni davolash, shuningdek, jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan o‘z egalariga topshirilmoqda.
Mazkur savobli ishlarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizom Qurbonov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonovlar ishtirok etib, bemorlar xonadoniga tashrif buyurdilar va ularning haqqiga xayrli duolar qildilar.
Bu kabi ezgu tadbirlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash va ehtiyojmand fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatishning go‘zal namunasi bo‘lmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati