Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Tashkent City hududidagi «Orifjon» jome’ masjidi rekonstruksiyaga tayyorlanmoqda

21.04.2019   5521   1 min.
Tashkent City hududidagi «Orifjon» jome’ masjidi rekonstruksiyaga tayyorlanmoqda

 

Tashkent City hududidagi «Orifjon» jome’ masjidi binosi rekonstruksiya qilishga tayyorlanmoqda. Siti direksiyasining xabar berishicha, bu borada dastlabki reja ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasining arxitektorlari va restavratorlari jarayonni kuzatib boradi.

Qayd etishlaricha, tegishli mutaxassislar 1915—1916 yillarda qurilgan «Orifjon» jome’ masjidi tashqi va ichki qiyofasidagi har bir detalni o‘rganib chiqqan va binoning intereri, tomi va gumbazlarini yaxlitlash va tiklash zarurligi haqida xulosa chiqargan.

«Restavratsiya ishi XX asr boshidagi me’morchilikning barcha xususiyatlarini hisobga oladigan bo‘lsa, konsepsiyaga ko‘ra, masjid binosi xalqaro ishbilarmonlik markazining umumiy ko‘rinishiga mos bo‘lishi kerak», — deyiladi xabarda. Ayni paytda olimlar ish loyihalarini tayyorlamoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Hijriy yangi yil: Muharram oyini qanday o‘tkazish kerak?

16.06.2026   8106   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym