Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Agar bir kishining sen haqingdagi fikrini bilmoqchi bo‘lsang, g‘azablantirib ko‘r.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Kishi hayotda o‘rganishi lozim bo‘lgan darslardan “Hamma ham sizga yaxshilikni ilinuvchi emas” degan dars.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Agar hukumat xalqdan qo‘rqib tursa, bu hurriyatdir. Agar xalq hukumatdan qo‘rqib tursa, bu zo‘ravonlik bilan boshqarishdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Eng kuchli kurashchilar vaqt va sabrdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Muhabbat ba’zida bizni go‘dakdek qilib qo‘yadi. Bir so‘z sababli yig‘lab, boshqasi sababli quvonamiz.
“Kun hikmati”
*****
Sizni to‘xtovsiz kechiraveradiganlardan ehtiyot bo‘ling. Chunki ular agar ketsalar, qaytib kelmaydilar.
“Kun hikmati”
*****
Ikki do‘st orasidagi uzoq yillik do‘stlikni ko‘rsang, bu ular bir-birlarini ranjitadigan ish qilishmaydi degani emas. Balki ularda bir-birini kechirish, gina-kek saqlamaslik xislati bordir.
“Kun hikmati”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Muborak Qurbon hayiti arafasida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari doirasida “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday xayrli tadbirlardan biri Farg‘ona viloyatida ham tashkil etildi. Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari Farg‘ona tumanida bo‘lib, ikki bosqichli murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bolajonlar holidan xabar oldilar.
Samimiy muloqot davomida bemor bolalar va ularning ota-onalariga ma’naviy dalda berilib, shifo tilandi. Shuningdek, davolanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan xayriya mablag‘lari o‘z egalariga topshirildi.
Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda mehr-shafqat va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, bemor farzand tarbiyalayotgan oilalarga xalqimizga xos g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati