Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

O‘zbekistondagi masjidlarda Yangi Zelandiyadagi terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarga bag‘ishlab tilovatlar qilindi

17.03.2019   3618   1 min.
O‘zbekistondagi masjidlarda Yangi Zelandiyadagi terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarga bag‘ishlab tilovatlar qilindi

2019 yil 15 mart kuni bir guruh terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi “al-Nur” va “Linvud” masjidlarida juma namozidan so‘ng bostirib kirib, namozxonlarni o‘qqa tutishi oqibatida 50 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 49 nafar kishi yaralandi. Mazkur mudhish voqea dunyodagi barcha mo‘min-musulmonlarni chuqur qayg‘uga soldi.
Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari ushbu uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardliklar bildirmoqdalar.
Shu munosabat bilan Yangi Zelandiyadagi “al-Nur” va “Linvud” masjidlarida terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning haqqiga shu yil 17 mart kuni yurtimizdagi barcha jome masjidlarda peshin namozidan so‘ng Qur’oni karim tilovatlari va duolar qilindi. Shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida xatmi Qur’onlar o‘tkazilib, halok bo‘lganlarning ruhi-pokiga bag‘shida etildi.
Terror oqibatida vafot etib, rahmati Rahmonga erishganlarga, Janobi Haqdan rahmatlar, musibatli xonadon ahllariga sabru jamiyl tilab qolamiz. Jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini istaymiz.
Alloh taolo hech bir o‘lkaga va xalqning boshiga bunday og‘ir musibat solmasin va chuqur qayg‘u-alamli hodisalarni ko‘rsatmasin. Janobi Haqdan yurtlarimizni terror balosidan, samoviy va aroziy balo-ofatlardan O‘z hifzu himoyasida asrashini so‘raymiz.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

06.06.2025   5150   1 min.
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari hayit kuni bir-birlarini bunday tabriklashardi:

"Taqobbal Allohu minnaa va minkum"

"Alloh biz va sizdan
qabul qilsin".

Alloh taolo qilayotgan barcha solih amallaringizni qabul etsin.