Xabaringiz bor, Robi’ul avval oyi munosabati bilan Juma namozlarida diyorimiz masjidlarida Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qilmoqda.
Ertaga ham, nasib bo‘lsa, 23.11.2018 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan so‘nggi Mavlidi shariflar o‘qiladi:
Uchtepa tumani:
1. “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi. (Katta qa’ni mahallasi, Lutfiy ko‘chasi 55a uy. Tel.:+998 71 272 91 04.)
2. “Mahkam ota” jome masjidi. (Bayroq-Durbek ko‘cha, 14a-uy. Tel.:+998 71 247 97 29)
3. “Said Vaqqos ota” jome masjidi. (M.Uyg‘ur ko‘chasi, 591-uy. Tel.:+998 71 247 50 02)
4. “Ko‘kcha oqtepa” jome masjidi. (Shula ko‘chasi,12-uy. Tel.:+998 71 271 44 98)
5. “Mahammad Umar o‘g‘li Zokir” jome masjidi. (Hamkor ko‘chasi 18-uy. Tel.: +99 871 228 63 32)
6. “Abu Hanifa” jome masjidi. (Zarafshon ko‘chasi,15-uy. Tel.:+998 71 274 66 61)
7. “Abdulxamid Hoji” jome masjidi. (Muallim ko‘chasi 2-uy. Tel.:+998 71 247 39 56)
8. “Abu Hurayra” jome masjidi. (Qoryog‘di (Sodiq Mirzayev) ko‘chasi 2a uy. Tel.:+998 71 228 54 29)
9. “Burhoniddin Marg‘iloniy” jome masjidi. (Ukkosha ko‘cha (Yormuxammedov) 1 tor 35 uy. Tel.:+998 71 241 01 62)
10. “Mahkamboy hoji ota” jome masjidi. (Oqshom ko‘cha, 25A-uy. Tel.:+998 71 228 63 35)
Yunusobod tumani:
11. “Kamoliddin Orif al Buxoriy” jome masjidi. (“Ot-chopar 1” mahallasi O.Zokirov ko‘chasi, 14- uy Tel. :+998 71 212 13 24)
12. “Masjidul xayr” jome masjidi. (Bobodexqon mahallasi, Mirzobod ko‘chasi, 74-uy. Tel. :+998 71 223 88 08)
13. “Mirza Yusuf” jome masjidi. (Bog‘ishamol ko‘chasi 98-uy. Tel. :+998 71 234 17 28)
14. “Yunusobod” jome masjidi. (Rafikov ko‘chasi 22 uy. Tel. :+998 71 212 08 91)
15. “Yunusobod-Oqtepa” jome masjidi. (Chinobod ko‘chasi 127-uy. Tel. :+998 71 222 27 82)
16. “Hasanboy” jome masjidi. (Orif Soipov ko‘chasi 10 uy. Tel. :+998 71 224 70 89)
17. “Omina” jome masjidi. (Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy. Tel. :+998 71 289 00 91)
Olmazor tumani:
18. “Imomi Buxoriy” jome masjidi. (2-Chimboy ko‘cha, 1-uy. Telefon: +998 71 249 18 69.)
19. “Ahmadjon qori” jome masjidi. (Olimpiya mavzei, Muxbir ko‘chasi 15-uy. Telefon: +998 71 227 83 01. Masjid veb-sayti: www.nasihat.uz)
20. “To‘lqin Akrom o‘g‘li” jome masjidi. (Chig‘atoy Oqtepa mahallasi, Forobiy ko‘cha 418-uy. Telefon: +998 71 246 06 86.)
21. “Safoboy ota” jome masjidi. (Muhokama ko‘chasi, 11a-uy. +97 711 12 48)
22. “Do‘stjonboy” jome masjidi. (Paxta mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi 9-uy. Telefon: +998 71 229 73 69.)
23. “Hofiz Ko‘hakiy” jome masjidi. (“Hofiz Ko‘hakiy” mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi, 61-uy)
24. “Iskandarxo‘ja” jome masjidi. (Usta Olim ko‘chasi 46a-uy. Telefon: +998 71 240 67 28.)
25. “Siroj-solih” jome masjidi. ( «Umid» mahallasi, Yunusova ko‘chasi 21a-uy. Telefon: +998 71 228 86 41.)
26. “Mirza G‘olib” jome masjidi. (Mirza G‘olib 3-tor ko‘chasi 36-uy.)
27. “Chimir ota” jome masjidi. (Farobiy ko‘chasi, 455-uy. Shifokorlar shaharchasi.
Telefon: +998 71 214 55 14.)
Mirzo Ulug‘bek tumani:
28. “Tepamasjid” jome masjidi. (F.Xo‘jayev mahallasi, Tepamasjid ko‘chasi 2a-uy. Tel.: +998 71 262 01 64)
29. “Shayx Ziyovuddinxon” jome masjidi. (Yalang‘och mahallasi, Temur Malik ko‘chasi 15-uy. Tel.: +998 71 263 64 74)
30. “Oltin tepa” jome masjidi. (Qurbonov ko‘chasi 111 uy. Tel.: +998 71 266 60 96.)
Bektemir tumani:
31. “Xuton” jome masjidi. (Bektemir ko‘chasi 46 uy. +998 71 292 92 11)
Shayxontohur tumani:
32. “Shayx Zayniddin” jome masjidi. (Mannon Uyg‘ur ko‘chasi-378 uy. Tel.: +998 71 243 25 22. Masjid veb-sayti: www.muxlis.uz)
33. “Munavvar qori” jome masjidi. (Ilg‘or mahallasi, Aloqa ko‘chasi 30-uy. Tel.: +998 71 242 01 32)
34. “Sulton Hoji” jome masjidi. (Shofayzi mahallasi, Uchqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasi 2-uy.)
35. “Dorussalom” jome masjidi. (O‘zbekiston mahallasi Qushqo‘ndi ko‘chasi 8-uy. Tel.: +998 71 150 14 64)
36. “Mo‘yi Muborak” jome masjidi. (Samarqand darboza ko‘chasi “Chorsu” mahallasi 13-A uy. Tel.: +998 71 245 44 19 Masjid veb-sayti: www.ukkosha.shosh.uz)
37. “Abdullox Ibn Huzofa” jome masjidi. (Eski jar ariq mahallasi, Ko‘ksaroy ko‘chasi 32a-uy. Tel.: +998 71 218 02 35)
38. “Oq-tunka” jome masjidi. (Zafarobod ko‘chasi 43-uy.)
39. “Oqilon” jome masjidi. (Ko‘kcha Darboza ko‘chasi 27-uy. Tel.: +998 71 242 50 63)
Sirg‘ali tumani:
40. “No‘g‘oyqo‘rg‘on” jome masjidi. (No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasi, Sultonxo‘janov ko‘chasi 34-uy. Tel: +998 71 215 84 70)
41. “Quddus sharif” jome masjidi. (Qipchoq ko‘chasi 66-uy. Tel.: +998 71 257 40 66)
Chilonzor tumani:
42. “Sobitxon hoji” jome masjidi. (Chilonzor mahallasi, H.Qodiriy 3-tor ko‘chasi 19-uy. Tel: +998 71 277 65 69)
43. “Katta Qozirobod” jome masjidi. (“Mevazor” mahallasi, Tokzor ko‘chasi, 17-uy. Tel: +998 71 216 02 72)
44. “Hasanxon qori” jome masjidi. (Oqtepa maydoni, Lutfiy ko‘chasi 25a-uy. Tel: +998 71 278 57 84)
45. “Bo‘rijar” jome masjidi. ( “Bo‘rijar” mahallasi, Al Xorazmiy ko‘chasi, 63-uy.)
46. “Bo‘ta-buva” jome masjidi. («Beshqo‘rg‘on» mahallasi, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi 2a-uy. Tel: +998 71 287 99 17.)
47. “Muxsimxonto‘ra” jome masjidi. ( “Tirsakobod” mahallasi, Yuqori Darxon ko‘chasi,30-uy. Tel: +998 71 279 08 24)
Yashnobod tumani:
48. “Islom ota” jome masjidi. (Jo‘rabek mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51 uy. Telefon: +99871 299 58 82. Masjid veb sayti: islomota.uz)
49. “Xolid ibn Valid” jome masjidi. (K.Xudoyberdiyev mahallasi Chilon ota ko‘chasi 17-uy. Tel: 298-24-14.)
50. “Al – Hudaybiya” jome masjidi. ( “Birlashgan” mahallasi, Beshariq ko‘chasi 17A uy. Telefon: +998 71 294 64 04.)Rakat
Yakkasaroy tumani:
51. “Rakat” jome masjidi. (A.Avloniy ko‘chasi, 20-uy. Tel.: +998 71 254 47 69.)
Mirobod tumani:
52. “Qo‘ylik ota” jome masjidi. (Qo‘yliq ota mahallasi, Istiqbol 4-tor ko‘chasi, 2-uy. Telefon: +998 71 295 86 83.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi. Bu onda duolar mustajob bo‘ladi. Fursatni boy bermang azizlar, Mavlidi shariflarga marhabo!
O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati
Joriy yilgi haj mavsumi o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. 24 may – Zulhijja oyining 7 kuni kechki paytdan boshlab ziyoratchilarni Mino vodiysiga tashish ishlari boshlanadi. 25 may – Zulhijja oyining 8 kuni barcha hojilar Mino vodiysida jam bo‘lishadi.
Shu munosabat bilan haj delegatsiyasi a’zolari, ishchi guruhi shtabi, shifokorlar jamoasi va guruh rahbarlari ishtirokida Makka shahridagi mehmonxonada umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ishchi guruhi rahbari - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy – haj delegatsiyasi rahbari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy hamda shifokorlar jamoasi yetakchisi Alisher Saatov qatnashdi.
Mutasaddilar mehmonxonalardan Minoga, u yerdan Arafot, bu manzildan esa Muzdalifaga va yana Minoga qaytishni tartibli tashkil etish, muborak manzillar va chodirlarda risoladagidek ibodat qilish uchun barcha sharoitlarni hozirlash, ziyoratchilar salomatligiga jiddiy e’tibor berish, ovqatlanish ratsioniga amal qilish, belgilangan tartiblarga rioya etishni ta’minlash masalalarini aytib o‘tishdi.
Ayniqsa, Mino, Arafot vodiylarida o‘rnatilgan qonun-qoidalarga amal qilish, xususan, kunning jazirama issiq vaqtlarida (soat 10-00 dan 16-00 gacha) chodirlardan tashqarida yurmaslik, hududlarda tog‘u tepaliklarga chiqmaslik, bitoqa-beyjiklarni taqib yurish, harakatlanishda maxsus transport vositalari, avtobuslardan foydalanish va Podshohlik talablari, tartibni saqlovchi xodimlar ko‘rsatmalariga itoat etish, begona shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarining oldini olish kabilarga urg‘u qaratildi.
Muftiy hazratlari ishchi guruhi va guruh rahbarlari uchun yanada mas’uliyatli damlar boshlanayotganini ta’kidladilar. Shuning barobarida haj amalini dinimiz talablariga muvofiq ado etish, shar’iy masalalarda Fatvo markazi fatvolariga rioya qilish, o‘zboshimchalik bilan ish tutishdan saqlanish, Mino va Arafotdagi chodirlarda ulamolarning mav’izalarini tashkil etish, bir so‘z bilan aytganda, hojilarning har bir daqiqasini toat-ibodat, duoyu zikr bilan unumli o‘tkazish kabilarni aytib o‘tdilar.
Yig‘ilishda boshqa tashkiliy masalalar ham kelishib olindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati