Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2026   |   28 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2026, 28 Zulhijja, 1447

Oliy ma’hadda otinoyilar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

08.11.2018   6435   1 min.
Oliy ma’hadda otinoyilar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Bugungi kunda diniy soha vakillarining aholi o‘rtasida faolligini, fuqarolarning diniy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish borasida o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari turli uchrashuvlarda diniy soha vakillari bo‘lgan imom xatiblar va otinoyilarning jamiyatda faol bo‘lishga chaqirdilar. Diniy soha vakillarining zamon bilan hamnafas bo‘lishlari, doimiy ravishda ilmlarini boyitib borishlari, inson psixologiyasini yaxshi tushunishi ular uchun tashkil etilayotgan malaka oshirish darslariga bog‘liqdir.

Bugun, 8 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom institutida diniy soha vakillari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning bilimlarini oshirib borish maqsadida, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Xalqaro islom akademiyasi va Toshkent islom institutidan jalb qilingan ulamolar va professor-o‘qituvchilar olib bormoqdalar.

Otinoyilar “Qur’on tafsiri”, “Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi”, “Islomda ayollar huquqi”, “Ayollarga xos fiqhiy masalalar”, “Islomda nikoh va taloq masalalari”, “Xatoba ilmi” va “Otinoyilar mas’uliyati va vazifalari” va boshqa mavzulardagi ma’ruzalarni tingladilar.

Mashg‘ulotlar ma’ruza, trening, muhokama va savol-javob tarzida o‘tkazilib, otinoyilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot oldilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandlik hojilar yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishdi

15.06.2026   679   1 min.
Samarqandlik hojilar yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishdi


Muqaddas haj ibodatlarini to‘liq ado etgan hojilarimiz yurtimizga bosqichma-bosqich qaytib kelishmoqda.

 

Alloh taoloning fazlu marhamati bilan muborak haj safariga musharraf bo‘lgan Samarqand viloyati ziyoratchilarining barchasi vatanimizga sog‘-salomat qaytishdi.


Ziyoratchilarni kutib olish tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilib, ular oila a’zolari, yaqinlari va keng jamoatchilik tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi.


Safar davomida ziyoratchilarimizga barcha sharoitlar yaratildi. Ularga tajribali ellikboshilar, ishchi guruh va mutaxassislar doimiy xizmatda bo‘lishdi.

 

Hojilar muqaddas zaminlarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi uchun duolar qilishdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Samarqandlik hojilar yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishdi Samarqandlik hojilar yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishdi Samarqandlik hojilar yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishdi
Haj va umra