Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Ona tilim – jonu dilim.

21.10.2018   47416   3 min.
Ona tilim – jonu dilim.

Sobiq tuzum xukmron bo‘lib turgan 1989-yili O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi Istiqlolga erishish yo‘lidagi eng muxim qadam bo‘lgandi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach ona tilimiz o‘zining xaqiqiy o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi xuquqiy jixatdan mustaxkamlab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunining qabul qilinishi ona tilimizning taraqqiyoti, rivojlanishi hamda o‘ziga xos va boy bisotini namoyish etishga keng imkoniyat yaratdi.Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madxiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan,qonun yo‘li bilan ximoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Istiqlol sharofati bilan tilimizga, uning sayqal topishiga e’tibor yanada ortdi. Til - inson qiyofasi va ichki go‘zalligini namoyon etadigan eng go‘zal tuyg‘udir. O‘z tiliga mehr-muhubbatli inson xalqini, Vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini ham e’zozlaydi. Bejizga bundan besh asr ilgari Alisher Navoiy bobomiz "Tilga e’tiborsiz - elga e’tiborsiz" deya yozmagan.

O‘zbek tili dunyodagi qadimiy, go‘zal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilning beqiyos imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o‘tib kelayotgan maqol va hikmatli so‘zlari, betakror iboralari,  dostonlarida,  shoir va yozuvchilarimiz asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit turk" kitobi, Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Alisher Navoiyning "Xamsa"si, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"si, Abdulla Qodiriyning betakror romanlari, Cho‘lpon, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflarning o‘tli she’riyati ona tilimizda yozilgan bebaho durdonalardir.Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, mehr-oqibat so‘zlarini boshqa tilga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Ularni faqat o‘zbek tilida ifodalash mumkin. Chunki bu tushunchalar xalqimizga xos va ularni aytishga faqat shu til qodirdir. Bizning ona tilimiz dunyodagi uch mingga yaqin til orasida turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, jonli til sifatida qipchoq, qarluq, o‘g‘iz lahjalarida namoyon bo‘ladi. O‘zbek adabiy tili esa ana shu lahjalardagi  so‘zlarning  ma’lum bir me’yoriga  keltirilgan shaklidir. U muttasil o‘sib, rivojlanib bormoqda. Uning rivojida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Hazrat Navoiy til xaqida shunday yozadilar: "Ko‘ngil xazinasining qulfi tildir. Ul xazinaning kalitidin so‘z bil".

 O‘z ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni xalqimizning, odamlarning samimiy suhbatlarida, yuksak axloqiy fazilatlarida ko‘rib, beixtiyor shunday el farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.

Til madaniyat ko‘zgusi va ruhimizning qanoti. Biz ona tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizni aslo unutmasligimiz kerak. O‘zbekona lutf, muomala, milliy qadriyatlar, odob-axloq esa ona tilimiz madaniyatining kalitidir.

Tongdek orombaxsh, quyoshdek  nurli, ona og‘ushidek issiq, bahordek tarovatli, yozdek haroratli, kuzdek saxovatli, qish qorlaridek beg‘ubor tuyg‘ularimizning tarjimoni bo‘lgan, millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz, bizni yuksak ma’naviyatga, ma’rifatga, madaniyatga, istiqlolu istiqbolga yetaklovchi bebaho ne’matdir. Shu bois ham har birimiz ona tilimizni asrabavaylashimiz, e’zozlashimiz lozim. Zotan, tilimizga e’tiborli bo‘lsak, millatimiz qalbi  ona tilimiz hech qachon zavol topmaydi.

Donishmand ota-bobolarimiz azaldan nutq madaniyatiga katta e’tibor berishgan. Ular qoldirgan asarlarni o‘qir ekanmiz, har bir so‘z o‘z o‘rnida qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz. So‘z hissini doimo bilib yashashimiz kerak. Shunday ekan, ona tilimizni asrab-avaylash, uni e’zozlash har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.

Odiljon Narzullayev

Zangiota tumani “Imom A’zam”Jome masjidi imom xatib

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

02.04.2026   9657   1 min.
Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

Xayrli ishlar Samarqand viloyatida ham izchil davom ettirilmoqda. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov Bulung‘ur tumanidagi “Olomon” jome masjidida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan navbatdagi xayriya tadbirida ishtirok etdi.

Ma’rifiy suhbat va ehson dasturxoni shaklida o‘tgan ushbu marosimga 200 nafar nuroniy otaxon va ko‘makka muhtoj fuqarolar taklif etildi.

Tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaga maxsus hadya va moddiy yordamlar topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro ko‘mak kabi yuksak insoniy fazilatlarning ahamiyati yana bir bor ta’kidlanib, yurt tinchligi va el farovonligi uchun duolar qilindi. 

 

Sammuslim.uz

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari