Norvegiya OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, oxirgi 20 yilda norvegiyaliklarni, xususan norvegiyalik ayollarning Islomga kirishi holati ko‘paygan.
Mamlakatdagi mashhur Verdens Gang gazetasi chop qilgan maqolada joriy yilda Norvegiyada musulmonlar soni 3 ming kishiga yetgani aytiladi. Yigirmanchi asrning 90-yillarida musulmonlar soni atigi 500 tani tashkil etgan.
Maqolada Oslo universitetida Dinlar tarixi tadqiqotchisi Karn Voguening “Oldin ayollar Norvegiyada turmush qurgach Islomga kirardi. Hozir esa bu ko‘rinish o‘zgargan. Ular Islom haqida izlanmoqdalar, juda ko‘p kitob va manbalarni varaqlamoqdalar” degan so‘zlari keltiriladi. Bu haqda Azon nashri ma’lum qildi.
Norvegiyaliklardan biri Monika Salmuk 4 yil oldin Islom haqida uzoq izlanish olib borganidan keyin uni qabul qilgan. U Oslodagi Islom madaniyat markaziga borgan va o‘sha yerda shunday qarorga kelgan. U Islomni qabul qilgach, tazyiqlarga uchragan. Hatto uni yuziga tupurish darajasigacha borishgan.
Ma’lumot uchun, Norvegiyaning umumiy aholisi 5 million 233 ming kishini tashkil etadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Germaniyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ham qator ma’rifiy uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida muborak vatandoshlarimiz uchun iftorlik tashkil etildi. Unga Germaniyada yashab, mehnat qilayotgan hamda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz taklif etildi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona shahridagi “Xo‘jamberdiboy” jome masjidi imom-xatibi Husniddin domla Tursunzoda ishtirokchilar bilan “Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuyg‘u” mavzusida ma’rifiy suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, chet elda yashab faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimiz o‘rtasida birlik va hamjihatlikni mustahkamlashning ahamiyati haqida so‘z bordi.
Virjiniya, Nyu-York, Baltimor shaharlarida vatandoshlar, jamoat faollari va turli sohalar vakillari ishtirokida iftorlik dasturxonlari yozildi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov boshchiligidagi ulamolarimiz Ramazon oyining fazilatlari, milliy o‘zlikni saqlash, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruzalar qilishmoqda.
Shuningdek, imom-xatiblarimiz u yerlarda taroveh namozlarini o‘qib berib, vatandoshlarimizni xushnud etmoqda. Ular do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitida, bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, Ramazon oyining ma’naviy qadriyatlari – bag‘rikenglik, saxovat va birlikni yana bir bor his qilishmoqda.
Yekaterinburg shahrida ham vatandoshlar uchun iftorlik uyushtirildi.
Unda Toshkent shahridagi “Baland” jome masjidi imom-xatibi A’zamjon Ergashev Islom dinining ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlari haqida ma’ruza qilib berdi.
Uchrashuv davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan diniy va dunyoviy mazmundagi savollarga javob olishdi.
Mehmonlar uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va muqaddas qadamjolarini ochib beruvchi videoroliklar, milliy an’analar, madaniy meros va islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rnini aks ettiruvchi tarqatma materiallar namoyish qilindi.
Dunyoning 50 ta shahrida o‘tkazilayotgan bunday xayrli tadbirlar vatandoshlarimizning ma’naviy birligini mustahkamlash, yurt bilan bog‘liqlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish hamda milliy va diniy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati