Jannatning bir necha darajalari bor. Hadisi sharifda aytilishicha, Jannatning eng baland darajasi “Al-Vasl” deb ataladi va u faqat payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ato etiladi. Qur’oni karim va hadisi sharifda Jannat ko‘p bora ta’riflangan. Ularga tayanib ulamolarimiz quyidagilarni bayon qilganlar:
Shuni e’tiborga olish kerakki, yuqorida tilga olingan manfaatlar dunyo manfaatlariga o‘xshamaydi. Hadisi qudsiyda aytiladiki, “Men bandalarimga shunday ajoyib narsalar yaratdimki, u narsalarni ularning ko‘zlari ko‘rmagan, quloqlari eshitmagan va ularning nima ekanini hatto tasavvur ham qila olmaydilar...” Ulamolarning aytishicha, jannat ne’matlarining yerdagi ne’matlarga nomlanishi o‘xshaydi, xolos. Aslida esa ular butunlay boshqa ne’matlardir. Jannatdagi eng buyuk ajr – Alloh taoloning jamolini ko‘rishdir.
Yana olimlarimiz aytadilarki, imon ahllari jannatga faqat Alloh taoloning fazlu marhamati ila kiradilar.
Do‘zax – imonsizlar va gunohkorlar tushadigan joy. Inson Jannatning go‘zalliklarini tasavvuriga sig‘dira olmagani kabi do‘zaxning vahshatlarini ham ko‘z oldiga keltira olmaydi. Qur’oni karimning oyati karimalari va Payg‘ambarimizning hadisi shariflariga tayangan holda do‘zax haqida quyidagi tasavvurlarni hosil qilish mumkin:
Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Siz har tongda uyqudan uyg‘oniboq telefoningizni qidirasizmi?
Agar shunday bo‘lsa, siz keng tarqalayotgan xavfli kasallik qarshisida turibsiz. Bu kasallik – nomofobiya deb ataladi.
Nomofobiya – inglizcha “no mobile-phone-phobia” – telefonsizlikdan qo‘rqish. Mobil telefonsiz yoki undan uzoqda qolishdan qo‘rqish (fobiya) hisoblanadi.
Psixologlar nomofobiyani giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarga qaramlik bilan teng deb baholashmoqda.