Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Mart, 2026   |   4 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:01
Quyosh
06:20
Peshin
12:34
Asr
16:50
Shom
18:43
Xufton
19:56
Bismillah
24 Mart, 2026, 4 Shavvol, 1447

Illat va zalolat boshi

15.09.2018   10662   2 min.
Illat va zalolat boshi

Bashariyat tamaddunida uning hayotiga xavf  solgan illatlar  ko‘p bo‘lgan. Afsuski, bugun  jamiyatimizga  yetarlicha tashvish solishga intilayotgan qora kuchlarning manfur qilmishlaridan biri bu –ekstremizm balosidir. Yomon tomoni  bu balo qisqa fursatda turlicha qiyofaga ega bo‘ldi. Hozirda ekstremizmning xalqaro  ko‘rinishdagi nusxasi butun boshli millatlar va xalqlar orasidagi nifoq urug‘ini sepadi. Eng buyuk qadriyatlarimiz, iymon-e’tiqod  va tafakkur  ildiziga  bolta urmoqchi bo‘lyapti. Bu zalolatga qarshi turish uchun esa avvalo insonlarning qalb ko‘zi ochiq, ma’naviy bilimlari mukammal bo‘lishi lozim.

Ayni imkoniyat kishilarni ekstremizm balosiga qarshi kurishishida immunitet vazifasini o‘taydi.  Muhim jihati shuki, endilikda mamlakatimizda ushbu holatga qarshi kurashishning qonuniy asosi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyunda qabul qilingan  va Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma’qullangan “Ekstremizmga  qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Resupblikasi Qonuni 5 ta bob va 24  ta moddadan iborat bo‘lib unda ekstremizmga oid asosiy tushunchalar xususida shunday  deyiladi: ekstremizm –ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodaci deya  e’tirof etilgan.

Shuningdek  qonunda ekstremizmni moliyalashtirish, ekstremistik guruh, ekstremistik material, ekstremistik tashkilot  kabi tushunchalarga ham mos ta’rif berilgan. Ushbu hujjatga ko‘ra  mamlakatimizda ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sirasiga  O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kabi tizimlar kiritilgan.

Bu bilan yurtdoshlarimiz mas’uliyatini o‘z zimmasidan soqit qilishi kerak emas. Negaki, ekstremizmga qarshi kurash nafaqat vakolatli organlar, balki har bir fuqaroning asosiy vazifasi sanaladi. Negaki,  insoniyat boshiga  turli tashvish solayotgan eng yomon illatlardan sanalgan ekstremizm balosi bilan niqoblangan razil va manfur kimsalarning odamiylikka xos bo‘lmagan qilmishlari nafaqat oilalar, balki ayrim davlatlar,  siz  bilan bizning kelajagimiz uchun jiddiy xavf sanaladi. Xususan,   jannatmonand yurtimizning qulay  geosiyosiy hududda joylashganligi, tabiiy  boyliklari, qulay iqlimi va betakror tabiatiga ko‘z tikkan  qora kuchlar yo‘q emas. Shunday ekan, hammamiz bu yo‘lda sobit va xushyor bo‘laylik.

Abdulahad qori TOJIBOYEV,

Bo‘z  tumani bosh imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hayitingiz muborak bo‘lsin!

20.03.2026   33827   1 min.
Hayitingiz muborak bo‘lsin!

#tabrik

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari agar hayit kuni uchrashib qolishsa, bir-birlarini:
تقبل الله منا ومنكم
"Taqobbalallohu minnaa va minkum"

"Alloh biz va sizdan
(ibodatlarimizni) qabul qilsin", deb tabriklashardi.

Alloh taolo ibodatlaringizni O‘z dargohida husni qabul etsin. Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!