Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir (Rum surasi, 21-oyat).
-------------------
- Alloh taolo ayolni erkakning taskin topish manbai qilib yaratdi.
- Alloh taolo ayolni erkak kabi inson qilib yaratdi.
- Alloh taolo erkak-ayol o‘rtasiga mehru muhabbatni solib qo‘ydi.
- Bularning bari tafakkur qiladigan ishdir.
- Alloh taolo ayolni erkakning taskin topish manbai qilib qo‘ygani, uni erkak kabi inson qilib yaratgani, erkak-ayol o‘rtasida inoqlik va mehribonlik solib qo‘ygani Uning borligiga, birligiga dalolat qiladigan belgilardan, alomatlardan biridir.
Nozimjon Iminjonov tayyorladi
Savol: Ayollar namozda sajda qilganida oyoq barmoqlari uchi qiblaga qarab turishi kerakmi yoki yo‘qmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Faqihlarimiz namoz o‘qishda ayol va erkak holatlarining farqli jihatlarini bayon qilib berganlar. Masalan, ayollar namozni erkaklar kabi ovoz chiqarib o‘qimaydi, rukuda ham erkaklardek belini to‘liq bukmaydi va tizzalarini tik tutmaydi va hokazo.
Savolda so‘ralgan sajdadagi holatga kelsak, erkaklar oyoqlarini tik qilib, barmoqlarini qiblaga qaratib turadilar. Ayollar esa, oyoqlarini tik qilmaydilar, balki oyoq barmoqlarining ust tomonini yerga qo‘yib, sajda qiladilar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.