Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2026   |   26 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2026, 26 Zulqa`da, 1447

Subhanalloh

14.08.2018   8589   2 min.
Subhanalloh

Subhanalloh – Alloh taologa eng sevimli kalima. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Alloh taologa eng mahbub bo‘lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi “Subhanallohi va bihamdihi”, deb aytishingdir”, dedilar.

 

Subhanalloh – aytishga oson, tarozida og‘ir keluvchi kalima. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ikki kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og‘ir va Rahmonga mahbubdir. Ular: “Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil aziym”, dedilar (Allohni poklab yod etaman va U Zotga hamd aytaman) (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Subhanalloh – Jannatda bog‘ bo‘luvchi kalima. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimki: “Subhanallohi va bihamdihi”, desa, u uchun jannatda bir xurmo ekiladi, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

Subhanalloh – eng afzal kalima. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Qaysi kalom afzal?” deb so‘rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan “Subhanallohi va bihamdihi” kalimasidir, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

 

Subhanalloh – gunohlarga kafforat bo‘luvchi kalima. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta tasbeh (Subhanalloh), o‘ttiz uch marta hamd (Alhamdulillah), o‘ttiz uch marta takbir (Allohu akbar) aytsa, jami to‘qson to‘qqiz bo‘ladi, yuzta bo‘lishiga: “La ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr”ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklari kabi bo‘lsa ham, mag‘firat qilinadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Subhanalloh – xatolarni ketkazuvchi kalima. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim: “Subhanallohi va bihamdihi”, deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechib yuboriladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Subhanallohi va bihamdihi adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi”, deb aytardilar (Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi

14.05.2026   840   1 min.
Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi

#E’tirof 

Mehnat va sadoqat qadr topayotgan yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nuroniylar hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.


Ana shu yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida 2026 yilgi muborak Haj safari uchun Buxoro viloyatidan 7 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” maqomiga sazovor bo‘ldi.


Tantanali tadbirda yo‘llanmalar Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov va viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.


Ta’kidlanganidek, mazkur yuksak e’tirof — yurt ravnaqi, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik halol hamda fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.


Tadbirda bo‘lajak hojilardan muqaddas zaminlarda mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti uchun xayrli duolar qilish so‘raldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi
O'zbekiston yangiliklari