Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

G‘aflatda qolmang! Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

13.08.2018   11044   1 min.
G‘aflatda qolmang! Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

Zulhijja so‘zi qanday ma’noni anglatadi? “Haj egasi” degan ma’noni bildiradi.

 

Zulhijja oyi qanday oy? Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

 

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega? Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o‘n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh dargohida Zulhijjaning o‘n kunidan afzal kun yo‘q”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati)

 

Bu oyda tutilgan ro‘za ulug‘ ajrlarga musharraf etadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 

Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qanday o‘tkazardilar?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to‘qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro‘za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

 

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloni yanada ko‘proq zikr qilardilar va: ...Bu kunlarda tahlil (La ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko‘paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).

 

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mashaqqat bilan erishilgan muvaffaqiyat lazzatli bo‘ladi

16.06.2026   2856   1 min.
Mashaqqat bilan erishilgan muvaffaqiyat lazzatli bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muvaffaqiyatga erishganlardan biri shunday hikoya qiladi: “Men faqir bo‘lib tug‘ildim, beshikdaligimdan yo‘qchilik men bilan birga bo‘ldi. Onamning qo‘lida hatto qotgan non ham yo‘q bo‘lgan paytlarda bir burda non so‘rash achchiqligini tuydim. O‘n yoshga yetganimda ko‘chaga ishlash uchun chiqa boshladim, yilda bir oygina o‘qirdim. O‘n bir yillik og‘ir mehnatdan so‘ng yigirma bir yoshga yetgan vaqtimda sakson dollar evaziga birgina ho‘kiz va oltita qo‘zichoqqa ega bo‘ldim. Shu yoshga yetgunimga qadar rohatlanish uchun bir so‘m ham sarflamadim, topgan barcha pullarimni jamlar edim. Haqiqiy mashaqqatni boshdan kechirdim, yashash uchun uzoq ish izladim, oxiri aravaga ho‘kizni qo‘shib o‘tin terishga o‘tdim. Bir oyda olti dollarga ega bo‘lish uchun ertadan kechgacha bor kuchim bilan ishlar edim. Ushbu olti dollarning har biri menga qorong‘u zulmatdagi to‘lin oydek go‘zal ko‘rinar edi”.

Shu’la: Agar o‘tmishda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz endi ulardan ta’lim oling. Ulardan ibrat olganingizdan so‘ng barchasini unuting.


Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

 

Maqolalar