Birlashgan Arab Amirliklaridagi ikki madaniyat muassasasi Shayx Maktum Qur'oni karimning 260 ming adadda chop etish va nashr etish bo'yicha kelishuvini e'lon qildi.
“IQNA”ning “Al Bayan” saytiga tayanib xabar berishicha, “DUBAI” media kompaniyasi hamda Dubayning Islom va xayriya ishlari departamenti Shayx Maktum bin Roshid Ol Maktum (BAA milliy Qur'oni)ning 260 ming nusxasini chop etish bo'yicha kelishuv imzolagan.
Marhum Shayx Maktum ibn Roshid Ol Maktum Osimdan Hafs (Hafs a'n Osim) rivoyatidagi Qur'on yangi shriftda chop etiladi.
2002 yildan beri mazkur Qur'oni Karimning qariyb 3500 000 nusxasi mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda, shuningdek, Afrikadagi barcha muassasalar, Arab, Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida musulmon jamoalariga tarqatilgan.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.
Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi
G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati