Savollaringizga Fatvo markazining call-markazi:
(78) 150-33-44 tel. raqami orqali javob olishingiz mumkin.
Ish vaqti: Dushanba-Juma, soat 9:00-17:00, tushlik vaqti bundan mustasno.
Call-markaz orqali malakali mutaxassislar bilan bog'lanib, ibodat masalalari, xususan haj va qurbonlikka oid shar'iy savollarga batafsil javob olishingiz mumkin.
Fatvo.uz https://taplink.cc/diniysavollar ni o'zingizga qulay bo'lgan tarmoqlarda kuzatib boring!
Alloh taolo barchamizni O'zining roziligi yo'lida ta'lim olib, ziyo tarqatadigan bandalaridan qilsin!
Menga mustaqillikning dastlabki yillarida ham haj safariga kelish nasib etgan edi. O‘sha paytlardagi sharoit bilan bugungi imkoniyatlarni solishtirsam, rostdan ham yer bilan osmoncha farq bor. U vaqtlarda xizmat ko‘rsatish, joylashish va tashkiliy ishlar ancha qiyin kechardi.
Bugun esa hojilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, keksalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Hojilarga e’tibor yuqori darajaga chiqibdi. Buni yurtimiz aeroportidayoq his qildim. Xizmat ko‘rsatish juda tartibli, sifatli tashkil etilibdi. Bugungi imkoniyatlarning qiyosi yo‘q!
Ko‘zimda yosh bilan Madinai munavvaraga, Payg‘ambarimiz alayhissalom masjidlariga kirib bordim. Makkai mukarramada ham ibodatlarimizni ko‘nglimiz to‘q, xotirjam ado etyapmiz.
Biz keksalarning tillarimizda faqat duo: ilohim, yurtimizda mana shunday keng imkoniyat va yuksak e’tiborni ta’minlab berayotgan muhtaram Prezidentimiz sog‘-salomat bo‘lsinlar, el-yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlarida Alloh yor bo‘lsin».
No‘monjon SHOKIROV,
Toshkent shahri