Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2026   |   7 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:08
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
17 Noyabr, 2026, 7 Jumadul soni, 1448

Imom Navaviy

08.04.2018   11178   1 min.
Imom Navaviy

Hadis ilmi shakllanishi va rivojlanishida buyuk xizmat qilgan muhaddislardan biri Imom Navaviydir. U zotning to‘liq ismi Yahyo ibn Sharafiddin ibn Murriy ibn Hasan Huzomiy Huroniy Navaviy bo‘lib, laqabi “Abu Zakariyo”dir.

Olim 631 yili muharram oyida Damashq yaqini­dagi Navo shahrida dunyoga keladi. Yosh­ligidayoq Qur’oni ka­rimni yod ola­di. O‘n to‘q­qiz yoshida Damashqdagi “Ravohiya” madrasasiga o‘qishga kiradi. Bu yerda Is'hoq ibn Ahmad Maqsidiydan fiqh bo‘yicha ta’lim oladi. Diniy ilmlardan tashqari boshqa sohalarni ham o‘rganadi. Tahsilni tugatgach, Damashqdagi “Dorul hadis al-ashrafiya” madrasasida dars bera boshlaydi.

Imom Navaviy taqvoli, parhezli kishi edi. Asosiy vaqtini toat-ibodat, ilm olish va ta’lim berishga bag‘ishlaydi. Alloh taolo u kishiga ziyrak qalb, kuchli xotira va o‘tkir zehn ato etgan. Imom Muslim “Sahih”iga yozgan sharhi Imom Navaviyning shoh asari hisoblanadi. Olim har bir hadisga mohirona sharh bitib, uning mazmun-mohiyatini keng tushuntirib beradi.

Imom Navaviy juda ko‘p asarlar yozdi. Ularning ko‘pi hadis ilmiga doir. “Sharhul sahihi Muslim”, “Irshod”, “Tahzibul asmo val lug‘at”, “At-Tibyon fi odobi hamlatil Qur’on”, “Minhojut tolibin”, “Bo‘stonul orifin”, “Arba’in”, “Riyozus solihin” va “al-Azkor” kabi kitoblar shular jumlasidan. “Arba’in”, “Riyozus solihin”, “Al-Azkor” va “Bo‘stonul orifin” o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Imom Navaviy  hijriy 671 yili rajab oyining 24 kuni dunyodan ko‘z yumdi va ona yurti Damashqqa dafn qilindi.

 

Bobur TOSHPO‘LATOV

tayyorladi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Konfessiyalararo hamjihatlik va bag‘rikenglik — tinchlik va barqarorlik asosi

17.11.2026   128   2 min.
Konfessiyalararo hamjihatlik va bag‘rikenglik — tinchlik va barqarorlik asosi

16 noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida «Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar vakillari, Kengash a’zolari, parlament, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda jamiyatda tinchlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, turli konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni asrab-avaylash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha muhokama qilindi.

E’tirof etilganidek, Konfessiyalar ishlari kengashi turli diniy konfessiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda dolzarb masalalarni hamjihatlikda hal etishda muhim maydon vazifasini bajarmoqda.

Muloqotlar davomida ishtirokchilar mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, xorijiy va mahalliy kuzatuvchilar ham mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi tajriba, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ayniqsa, yosh avlodni bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalash, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, dinlar va madaniyatlar haqida xolis, ishonchli hamda ma’rifiy materiallar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda shakllangan konfessiyalararo totuvlik muhiti nafaqat mamlakatimizdagi barqarorlik, balki xalqaro miqyosdagi o‘zaro anglashuv va hamkorlik uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi muloqotni izchil davom ettirish, jamiyatda tinchlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Zero, bag‘rikenglik turli e’tiqod egalarining o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlik asosida bir jamiyatda tinch-totuv yashash madaniyatidir. Bunday qadriyatlarni asrab-avaylash esa barqaror taraqqiyot va farovon kelajakning muhim kafolati sanaladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari